Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:30 An-Nasr (SA) 4-1 Yokogama Marinos
27/04 15:30 Venetsiya 0-2 Milan
27/04 15:30 Komo 1-0 Jenoa
27/04 18:00 Fiorentina 2-1 Empoli
27/04 18:00 Inter 0-1 Roma
27/04 18:00 Navbahor 3-0 Buxoro
27/04 18:00 Paxtakor 1-0 Sho‘rtan
27/04 18:00 Bornmut 1-1 Man. Yunayted
27/04 19:15 Vilyarreal 1-0 Espanyol
27/04 20:15 Nasaf - Qizilqum
27/04 20:30 Liverpul 5-1 Tottenhem
27/04 21:00 Yuventus 2-0 Monsa
27/04 21:30 Kavasaki Frontale - As-Sadd
27/04 23:45 Atalanta - Lechche
27/04 23:45 Napoli - Torino
28/04 19:00 Bunyodkor - OKMK
28/04 21:30 Udineze - Bolonya
28/04 23:45 Verona - Kalyari
28/04 23:45 Lasio - Parma

OCHLdagi kvotalarimiz kamaydi

OCHLdagi kvotalarimiz kamaydi

Baho:
+ | -

G‘arb mintaqasida Osiyo chempionlar ligasining guruh bosqichiga yakun yasaldi. Afsuski, ushbu mavsumda ishtirok etgan O‘zbekistonning ikki klubi pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Natijada, OCHLning 2021-2022 yilgi mavsumi uchun beriladigan kvotalarimiz soni kamaydi.

So‘nggi tur oldidan O‘zbekiston OFK koeffisiyentlar jadvalining G‘arb mintaqasida 6-o‘rinni egallab turgan edi. Bu pog‘ona bizga bor-yo‘g‘i "1+1" ko‘rinishidagi kvotani taqdim etar edi. Buni "1+2" ko‘rinishiga keltirish uchun esa 5-o‘rindagi Iroqdan o‘tib ketish talab etilar edi. Guruhning 6-tur o‘yinlari oldidan ikki mamlakat o‘rtasidagi farq 1 ballni tashkil qilayotgan edi.

O‘zbekistonga eng ko‘p ochko keltirishi mumkin bo‘lgan "Paxtakor", afsuski, Saudiya klubiga yutqazdi. Agar "sherlar" ijobiy natijani qayd etishganida, keyingi bosqichga chiqqani uchun qo‘shimcha 3 ballga ega bo‘lar edik.

"Lokomotiv" g‘alaba qozonib, O‘zbekiston uchun 1,5 ballni taqdim etdi. "Az-Zavra"ning o‘yinidan oldin jadvalda Iroqdan o‘tib ketdik. Ammo "Zavra" kecha tunda o‘z maydonida BAAning "Al-Vasl" klubini mag‘lub etdi (5:1). Natijada guruh bosqichida Iroqning faqat bitta jamoasi ishtirok etayotgani bois, bu mamlakat hisobi 3 ballga boyidi va O‘zbekistondan o‘tib ketdi.

"Az-Zavra" ham guruhda qolib ketgani uchun Iroq va O‘zbekiston uchun OCHLning ushbu mavsumi yakunlandi. So‘nggi 4 yilda Iroq klublari 35.7 ball to‘plashgan bo‘lsa, o‘zbek jamoalari 33,2 ball jamg‘arishdi.

Natijada O‘zbekiston koeffisintlar jadvalining G‘arb mintaqasida 6-o‘rinda qoldi va 2021-2022 yillarda "1+1" kvota bilan OCHLda ishtirok etamiz. Kelasi mavsumda esa O‘zbekistonga ajratilgan "1+2"ta o‘rin qoladi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 11:41, 22.05.2019.
O'qildi: 9208 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz