Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Italiyada malaka oshirdi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Italiyada malaka oshirdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari murabbiylari doimiy ravishda o‘z malakalarini oshirishga katta ahamiyat qaratib, bu borada futboli rivojlangan mamlakatlar  jamoalari tajribasidan keng foydalanishga harakat qilib kelishmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankov Italiyaning "Inter" jamoasida malaka oshirib qaytdi. Milliy terma jamoamiz bosh murabbiyi Ektor Kuper o‘z vaqtida "Inter" jamoasida bosh murabbiy sifatida ish olib borganidan xabaringiz bor. Denis Ivankovning "neradzurrilar" safida malaka oshirishida Ektor Kuperning ham hissasi katta bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.

Terma jamoamizning darvozabonlari ustozi malaka oshirish davomida "Inter" klubida olib boriladigan mashg‘ulotlar bilan yaqindan tanishdi hamda italiyalik mutaxassislarning ish uslubini o‘rgandi. Bundan tashqari, "Inter" jamoasi ishtirokidagi o‘yinlarni bevosita stadiondan tomosha qildi. 

Shuningdek, Denis Ivankov Ukrainaning "Dinamo" klubi taklifiga ko‘ra, Kiyev shahrida ham bo‘lib, u yerda ham malaka oshirdi. "Dinamo" klubida malakat oshirish jarayonida terma jamoamizning sobiq futbolchisi, ayni paytda klubda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borayotgan Maksim Shaskixning hissasi katta bo‘ldi.

Denis Ivankov Kiyevdagi mashg‘ulotlarni kuzatish jarayonida ham o‘zi uchun ko‘plab kerakli ma’lumotlar va tajribalarga ega bo‘ldi.

Manba: UFA
Kiritildi: 16:48, 22.05.2019.
O'qildi: 2199 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.