Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Prevyu. «Metallurg» – «Bunyodkor»

Prevyu. «Metallurg» – «Bunyodkor»

Baho:
+ | -

Mamlakat milliy chempionatining 26-turida Bekobodning "Metallurg" klubi o‘z maydonida Toshkentning "Bunyodkor" klubini qabul qiladi. Mazkur jamoalar shu kunga qadar o‘zaro 26 marotaba kuch sinashishgan. Natijalar yurtimizning nomdor klublaridan sanaluvchi “Bunyodkor” foydasiga. Toshkentliklar 19 ta o‘yinda g‘alaba qozonishgan. 3 ta o‘yinda “Metallurg”ning qo‘li baland kelgan. 4 ta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan. To‘plar nisbati: 51-22.

Jamoalarning o‘zaro uchrashuvlardagi eng yirik hisob 2009 yili Bekoboddagi o‘yinda kuzatilgandi. O‘shanda bunyodkorchilar mezbonlar darvozasiga javobsiz to‘rtta to‘p yo‘llashgandi. Eng sermahsul uchrashuv esa undan bir yil muqaddam Toshkentdagi uchrashuvda qayd etilgan. Qaldirg‘ochlarning to‘rtta goliga bekobodliklar ikkita aniq zarbasi bilan javob qaytarishgan.

Bekobodda o‘tgan so‘nggi beshta uchrashuv:
20.10.2018 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:0
19.07.2018 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
14.10.2017 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
16.06.2016 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:1
26.04.2015 «Metallurg» - «Bunyodkor» 1:2

Tanishing, raqibimiz – “Bunyodkor”!

Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi mamlakatimizning eng yosh jamoalaridan biri sanaladi. Klubga asos solinganiga endigina 15 yil bo‘ldi. Ammo qisqa fursat ichida jamoa birinchi ligadan oliy ligaga yo‘l oldi va kuchlilar safida ham doimiy ravishda yetakchilar qatoridan o‘rin egallab kelayapti. 2007 yildan elita safida “qaldirg‘ochlar” besh marta O‘zbekiston chempioni, ikki marta vise-chempion, bir marta bronza medali sovrindori, to‘rt marta O‘zbekiston kubogi sohibi va besh karra finalchisi, O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi. 2008 yildan Osiyo chempionlari ligasida yurtimiz sharafini himoya etib kelayotgan “Bunyodkor” jamoasi ikki marta qit’aning mazkur nufuzli turnirida yarim finalgacha yetib bordi (2008, 2012 yillar). Oliy ligadagi eng past ko‘rsatkichi to‘rtinchi o‘rin bo‘lgan (2014-2015, 2017 yillar).

“Bunyodkor”ning uy stadioni mamlakatimizning eng muhtasham futbol majmuasi “sanalardi”. 2012 yilning 28 sentyabr sanasida qurib, foydalanishga topshirilgan, “Bunyodkor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi uy stadioni hisoblanuvchi maskan o‘z bag‘riga 34000 tomoshabinni sig‘diradi. Ammo o‘tgan mavsumdan “Bunyodkor” stadioni O‘FA balansiga o‘tkazildi va u “Milliy” stadion deb yuritilayapti.

“Bunyodkor” bugungacha oliy liga bahslarida 351 ta uchrashuv o‘tkazgan. Shulardan 235 tasida g‘alaba qozongan, 67 tasida durang o‘ynagan, 49 tasida mag‘lubiyatga uchragan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 657:224. Jamoaning oliy ligadagi eng yirik hisobli g‘alabasi – 7:0 (“Sho‘rtan”, 2008 yil), eng yirik mag‘lubiyati – 0:3 (“Lokomotiv”, 2015 yil).

"Metallurg" matbuot xizmati.

Kiritildi: 11:46, 23.05.2019.
O'qildi: 2230 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.