Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul 1-2 Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo 0-5 Inter
08/02 22:30 Atletiko 0-1 Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese
10/02 00:45 Roma - Kalyari
10/02 01:00 Vilyarreal - Espanyol

Superligada futbolchilar va murabbiylar oldida qarzdor bo‘lgan klub qolmadi

Superligada futbolchilar va murabbiylar oldida qarzdor bo‘lgan klub qolmadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Ayni vaqtda Professional futbol ligasida klublar ish haqini bermay kelayotgan futbolchi yoki murabbiylardan shikoyat arizalari mavjud emas. Shu kungacha tushgan arizalarning barchasi atroflicha o‘rganib chiqilib, qarzdorliklar bartaraf etildi.

1 yil avval ham 2014 yillardan qolib kelayotgan pullarini ololmay, FIFAga da’vo arizalarini kiritgan o‘nlab xorijiy futbolchilar mavjud edi. O‘zimizning mahalliy futbolchi va murabbiylar esa yuzdan ziyodni tashkil qilayotgandi. O‘tgan vaqt ichida Futbolchilar maqomi va o‘tishi bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zPFL jiddiy mehnat qildi. Natijada klublar barcha qarzdorliklarni bartaraf qildi.

FIFA nizomiga ko‘ra, da’vo muddati ikki yilni tashkil qiladi. Bundan-buyog‘iga shartnomalar masalasi jiddiy nazoratda bo‘lsa, klublar rahbariyati o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondoshsa, ishlar ancha iziga tushishi mumkin. Fursatdan foydalanib, ayni vaqtda futbol klublariga rahbarlik qilayotganlarga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Albatta, o‘tgan 1 yil ichida ular bilan juda ko‘p sen-menga borildi, ammo oxir-oqibat huquqlari paymol etilgan futbolchi va murabbiylarning haqlari undirib berildi. Klublarning ayni vaqtdagi rahbarlari o‘zlaridan avval faoliyat olib borgan rahbariyat yo‘l qo‘ygan kamchiliklar xunini to‘ladi. Endilikda ularda oldinga intilish, kelajak rejalarini qilish uchun imkoniyat bo‘lishi mumkin. Axir yelkasini bosib turgan qarzlardan qutilish kishiga yengillik berishi ma’lum.

Klublar va O‘zPFL bu ishga qanday holatda erishganini keyingi postlarda yozib boraman. Agar shartnomalar kulguli emas, professional bo‘lsa, futbolchilar ham, klublar ham shartnomalarni hurmat qilsa va unga rioya qilsa, korrupsiya kamaysa, futbolchilar, rahbarlar, murabbiylar yilda bir marta mehnat ta’tiliga chiqarilsa, ishlar ancha joyiga tushishi mumkin.

P.S. Klublar oldin eski qarzlarini to‘lab berdi. Oldinda ularning O‘zPFL bilan hisob-kitoblari bor. O‘tgan mavsumning ayrim sovrindorlari endi shu masalaga ham yetib kelsa, O‘zPFL ularga mukofot pullarini ham o‘tkazib berishga tayyor. O‘sha pullar endilikda qarzlarni yopish uchun emas, bugungi vaziyatni yaxshilash uchun xizmat qilishi mumkin.

1 yillik mehnatimiz samarasidan xursandmiz.

Diyor Imomxo‘jayev.

 

Manba: Диёр Имомхўжаев телеграм канали
Kiritildi: 18:51, 23.05.2019.
O'qildi: 2744 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.