Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

OO‘-2030 mezbonligi yo‘lida: MOQda «ESL&Network» kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

OO‘-2030 mezbonligi yo‘lida: MOQda «ESL&Network» kompaniyasi mutasaddilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, O‘zbekiston 2030 yili bo‘lib o‘tadigan navbatdagi yozgi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun kurash olib bormoqda. Osiyo o‘yinlari kabi yirik kompleks musobaqalarni o‘tkazish manaman degan mamlakatlarning ham qo‘lidan kelavermaydi. Buning uchun zamonaviy infratuzilmalar, kommunikasiya vositalari, sport ob’ektlarining qurilishi va boshqa ko‘plab omillar shay bo‘lishi kerak.

Ayni shu yo‘nalishda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi jahonning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Bugun MOQga jahonga mashhur “ESL&Network” kompaniyasining Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mutaxassislari tashrif buyurdi. Ma’lumot uchun, “ESL&Network” dunyo miqyosida sport va madaniy sohalardagi yirik tadbirlarni tashkillashtirish va uni yoritish bo‘yicha shuhrat qozongan kompaniyalardandir. Mutaxassislarni Jasur Matchanov qarshi oldi.

Yig‘ilishda MOQ Bosh kotibi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish yo‘lida yurtimizda bu borada qanday ishlar amalga oshirilayotgani xususida aytib o‘tdi.

“Yurtboshimiz tashabbusi bilan 2030 yili Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda. Sizga ma’lum bo‘lganidek, biz bu Osiyo o‘yinlarini Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazishni niyat qilganmiz. Musobaqani tashkillashtirishda sizning tajribangiz bizga as qotadi. Biz buning uchun barcha ishlarni qilishga tayyormiz. Tayyorgarlik ham hozirdan boshlab yuborildi. Mamlakatimiz bo‘ylab yirik sport ob’ektlari qurila boshladi. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, moliya vazirligi va barcha tashkilotlar bilan bir jamoa bo‘lib ishlamoqdamiz”, – dedi Jasur Matchanov.

O‘z navbatida kompaniya mutasaddilaridan biri Floren de Shanterak O‘zbekistonning bu boradagi imkoniyatlari xususida aytib o‘tdi.

“Hamkorlik borasida bizga murojaat qilganingiz uchun, avvalo, tashakkur. O‘zbekiston yozgi Osiyo o‘yinlarini qabul qilish imkoniyatiga ega. Albatta, bu uchun juda ko‘p ish qilish kerak. Ko‘rib turibmizki, davlatingiz rahbarining o‘zi bu borada jonbozlik ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston yosh va kuch-g‘ayratga to‘la mamlakat, deya ta’rif berish mumkin. Davlat yildan yilga rivojlanib bormoqda. Yurtingiz Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilsa, bu sizlar uchun har tomonlama foydali. Negaki, mamlakat imidjini butun dunyoga ko‘rsatib berishdan tashqari, uning rivojlanishi va taraqqiyoti ham tez suratda amalga oshishiga yordam beradi. Bizga kerakli barcha ma’lumotlarni taqdim qiling. Buni kompaniyamiz rahbariyati bilan o‘rganib, qilinadigan ishlar borasida o‘zimizning dasturimizni ishlab chiqamiz”, – dedi Floren de Shanterak.

Shuningdek, uchrashuv davomida mutaxassislar kompleks musobaqani qabul qilish uchun me’yorlar va belgilangan xalqaro standartlar borasida atroflicha ma’lumot berib o‘tishdi. O‘z navbatida Jasur Matchanov mezbon shaharlar va mamlakatimizning bu boradagi imkoniyati xususida mehmonlarga batafsil aytib berdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 20:42, 23.05.2019.
O'qildi: 2285 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.