Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Transfer oynasidagi yangiliklar

Transfer oynasidagi yangiliklar

Baho:
+1 | -

Yevropa futboli transfer oynasi ochilishiga  oz fursat qolgani sari yangiliklar ko‘payganidan ko‘paymoqda. Bugun e’tiboringizga kunning eng muhim yangiliklarini taqdim etamiz.

Isko «Real Madrid»da qolmaydigan ko‘rinadi

«Real Madrid» klubi o‘zining transfer haridlarini amalga oshirish maqsadida bu mavsumda rahbariyat tomonidan ajratilgan pullarga ham qoniqmay,  o‘z futbolchisini sotish fikridan qaytmayapti. Bundan avval klub Iskoni olib qolish maqsadida edi. Endilkda rejalar o‘zgardi va «qirolik klubi» o‘z futbolchisini  transfer oynasi ochilishi bilan sotib yubormoqchi. Unga Manchester shahrining ikki klubi da’vogar bo‘lib turibdi. Voqealar rivoji qanday yakunlanishidan qat’iy nazar, klub Pogba yoki Eriksonni qo‘lga kiritish uchun Iskoni sotib yuborishni rejalashtirgan. Uning transfer summasi tahminan 120 million yevroni tashkil etadi.

«Milan» afsonasi ortga qaytmoqchi

Kaka Italiya super klubining so‘nggi bor  ko‘hna qit’ada porlagan davrlarida klubdan ketgan bo‘lsada, yana ortga qaytgani va jonajon klubida to‘p surganidan xabaringiz bor. U avgust oyida xalqaro menenjment fakultetidagi o‘qishini yakunlaydi va sobiq klubida ish boshlash niyatida. Uning o‘zi «Sky sport» nashriga bergan intervyusida bu borada ochiqchasiga bayonot bergan va klub xohlasa «Milan» sport direktori sifatida ish boshlashi mumkinligini gap orasida qo‘shib o‘tgan. Hozirda Braziliyalik sobiq futbolchi AQSHda istiqomat qilib tahsil olmoqda.

Gvardiola va Ronaldu mashmashasi

Italiya nashrlari «Yuventus» klubini Gvardiola boshqarishi haqidagi  ma’lumotlar tarqatganidan xabaringiz bor. «Sky sport Italiya» va «Radio sport» nashrlarining xabar berishicha, Ronaldu ispaniyalik murabbiyning «Yuventus»da ish boshlashidan norozi va uning kelishi Turin super klubining ishlarini rivojlantirib yuborshiga shubhasi borligni yashirib o‘tirmayapti. Bu voqealardan esa «PSJ» unumli foydalanib qolish niyatida. Parijliklar Mbappeni «Real Madrid»ga sotib yuboradigan bo‘lishsa, zudlik bilan Ronalduni harid qilish niyyatidalar. Krishning taxminiy narxi 140 million atrofida baholanmoqda. «PSJ» YECHLda g‘olib bo‘lish uchun o‘zining super yulduzidan voz kechishi ham hech gap emas. Voqealar qizigandan qizimoqda…

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 10:33, 24.05.2019.
O'qildi: 22622 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.