Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Mashxur futbolchilarning qo‘rquvlari (Fobia)

Mashxur futbolchilarning qo‘rquvlari (Fobia)

Baho:
+2 | -

Insonlar orasida  it yoki mushukdan, ba’zan esa balandlikdan qo‘rqadiganlar yetarlicha topiladi. Futbolchilar ham bundan mustasno emas. Bugun e’tiboringizga mashxur futbolchilarining siz bilmagan fobiyalari haqida.

Kristiano Ronaldu

Portugaliyalik futbolchi qanchalar noodatiy tuyulmasin o‘z intervyularidan birida bizning bugungi savolimizga javob berib o‘tgan. Uning aytishicha, Krish erta olamdan o‘tishdan qattiq qo‘rqadi va doim sog‘lig‘I va hafvsizligini ta’minlashga harakat qiladi. Uning hayotda yagona qo‘rqadigan narsasi shu bo‘lib, uning umid qilishicha 90 yoshga qadar umr ko‘radi deb yozadi «Radio sport» o‘z blogida.

Killian Mbappe

U dunyoning eng kuchli himoyachilariyu, darvozabonlaridan zarracha qo‘rqmasligi mumkin, biroq kichkinagina sichqondan o‘lardek qo‘rqadi. Jamoadoshlarining aytib berishicha, futbolchi yoshlar o‘rtasida Serbiyada bo‘lgan turnirda o‘z xonasida yotishdan bosh tortgan va u yerda sichqon ko‘rgani haqida hammaga aytib to‘palon ko‘targan. Oqibatda, mehmonxona hodimlari Mbappening xonasini almashtirishgan va uni tonggacha «qo‘riqlash» maqsadida 3 ta mushukni uning nomeriga joylashtirishgan. Futbolchining o‘zi ham fobiyasi to‘g‘risida bir necha bor teleshovlarda aytib o‘tgan.

Olivia Jiru

Alf laqabli qo‘g‘irchoq o‘tgan asr so‘ngida va tele ekranlarning yulduziga aylangan edi. Futbolchining akalari Oliviyeni aynan o‘sha qo‘g‘irchoq yordamida qo‘rqitishgan va aytganlarini so‘ssiz bajarishga undashgan. Bechora Oliviye qo‘rqqanidan gohida yig‘lab yuborar, afsuski bu kichik detallga uydagilar ortiqcha e’tibor qaratishmagan. Oqibatda, futbolchi aynan shu teleqahramonni ko‘rishi bilan o‘zini yomon his qila boshlashi hozirga kelib ham  to‘xtamagan. Giruning ayticha: “u chinakam «monstr» va qo‘rqinchili maxluq! Men haligacha uni ko‘rishdan cho‘chiyman…”

 Ueyn Runiy

Runey bolalik davrlarida sharpalardan qattiq qo‘rqani sababli, kechalari televizorni va xona chiroqlarini yoqib uxlar edi. Buni qarangki, bu keyinchalik odatga aylanib qoladi. Runeyning o‘zi bu haqida shunday degan edi: «Men jim-jit va qorong‘u xonada sira uxlay olmayman.Kimdir meni ortimdan kelayotgandek tuyulaveradi. Menga yorug‘ va shovqinli xona bo‘lishi shart! Aks xolda o‘zimni yomon xis qilishni boshlayman…»
Futbolchining jamoadoshlaridan biri Vidichning aytib berishicha, Runiy tunda safardan qaytish chog‘ida ham o‘z chiroqlarini yoqib olar va quloqchinlaridagi musiqaning ovozini baland qilib xotirjam uxlab keta olar ekan. Qiziq xolat, shunday emasmi?

Hudson Odoi

«Chelsi» klubining kelajagi deb qaralayotgan futbolchi sekin-astalik bilan katta futbolga kirib kelmoqda. Uning fobiyasi kishini kulgusini qistasada, unda mantiq mavjud!  Gap shundaki, Hudson yoshlik chog‘larida hayvonot bog‘ida tovus bilan suvratga tushayotgan paytida uning hujumiga uchragan va qush unga yaxshigina tan jarohati yetkazgan ekan. Shu sababli futbolchi bir nechta ruhshunos bilan ishlagan bo‘lsada, tovuslarga bo‘lgan  qo‘rquv uni sira tark etmadi. Hozirgi kunda futbolchining  tovuslardan doim o‘zini olib qochishga urunishini tushunsa bo‘ladi.

Y . U

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:35, 26.05.2019.
O'qildi: 10177 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик