O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Rostov” jamoasi forvardi Eldor Shomurodov klub bilan yangi shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda Worldnews.uz axborot agentligi xabar bermoqda.
Eldor shartnomasini yana 3 yilga uzaytirdi. 23 yoshli futbolchi “Rostov” safida 33ta o‘yinda 4ta gol urishga erishdi.
Shartnomaga ko‘ra Shomurodov 2023 yilgacha jamoasi sharafini himoya qiladi. U rostovliklar tarkibiga 2017 yilda “Bunyodkor” jamoasidan borib qo‘shilgan edi.