PSJ yarim himoyachisi Adriyen Rabyo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
24 yoshli futbolchining agenti ayni damda “Manchester Yunayted” va “Everton” bilan muzokara olib bormoqda.
Fransiyalik futbolchi 1 iyul kuni erkin agentga aylanadi. U PSJ bilan shartnomasini uzaytirmagani uchun dekabr oyidan beri maydonga tushmayapti.