Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Millatlar ligasi. 1/2 final. Ronalduning «xet-trigi» Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

Millatlar ligasi. 1/2 final. Ronalduning «xet-trigi» Portugaliyani finalga olib chiqdi (video)

Baho:
+ | -

UYEFA millatlar ligasining final bosqichi start oldi. Dastlabki yarim finalda Portugaliya va Shveysariya terma jamoalari to‘qnash kelishdi.

Birinchi bo‘limda Krishtianu Ronaldu aniq zarba bilan mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa Portugaliya darvozasi tomon penalti qiziq belgilandi. Gap shundaki, hakam Feliks Brix VAR orqali Shveysariya darvozasi tomon penalti belgilash kerakmi yoki yo‘qmi degan masalani ko‘rayotib, biryo‘la biroz avval Portugaliya jarima maydonchasida ro‘y bergan qoidabuzarlikni ham ko‘rib chiqdi. Natijaja referi portugaliyaliklar darvozasi tomon penalti belgiladi. Rikardo Rodriges 11 metrli jarima zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.

O‘yin tugashi arafasida esa Ronaldu o‘yin taqdirini hal qildi. Dastlab u 11 metrli jarima nuqtasi atrofida zarba berib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Shveysariya terma jamoasi darvozaboni yaqin burchakdan to‘pni o‘tkazib yubordi. Krishtianu qarshi hujum paytida yana bir marta o‘z mahoratini namoyish qildi va o‘yin taqdirini hal qildi — 3:1.

Portugaliya finalda Gollandiya-Angliya juftligi g‘olibi bilan bahs olib borsa, shveysariyaliklar 3-o‘rin uchun o‘yinda ishtirok etishadi.

UYEFA millatlar ligasi, yarim final
Portugaliya – Shveysariya 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 25 Ronaldu, 1:1 – 57, penalti Rodriges, 2:1 – 88 Ronaldu, 3:1 – 90 Ronaldu.
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe (Fonte, 63), Gerreyru, Nelson Semedu, Diash, Ruben Nevesh, Vilyam Karvalyu, Bernardu Silva, Brunu Fernandesh (Moutinyu, 90), Joau Feliks (Gedesh, 70), Ronaldu.
Shveysariya – Zommer, Sher, Rodriges, Mbabu, Akandji, Jaka, Froyler (Drmich, 89), Suber (Shteffen, 83), Zakariya (Fernandesh, 71), Shakiri, Seferovich.
Ogohlantirishlar: Jaka (66), Sher (68), Shakiri (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:57, 06.06.2019.
O'qildi: 15676 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.