Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

KXDR bosh murabbiyi: «Ertaga biz uchun natija muhim emas»

KXDR bosh murabbiyi: «Ertaga biz uchun natija muhim emas»

Baho:
+ | -

Ertaga bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston – KXDR terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini oldidan matbuot anjumani tashkil qilindi. Matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Yun Chon Su ishtirok etdi.  

“Biz Osiyo Kubogidan keyin tarkibdagi ko‘p futbolchilarni almashtirdik. Jamoani yangitdan barpo qilyapmiz. O‘zbekistonga qarshi o‘yinga faqat mahalliy futbolchilarni olib keldik. Legionerlarni bu o‘yinga chaqirmadik. Biz o‘rtoqlik o‘yinlari orqali yangi futbolchilarni sinab ko‘rmoqchimiz.   

To‘g‘ri, Osiyo Kubogidan keyin birorta o‘yin o‘tkazganimiz yo‘q. Sababi yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, jamoada avlodlar almashuvi ketmoqda. Shu sababli jamoa asosini yig‘ib olguncha o‘rtoqlik o‘yinlari tashkil qilmadik.  

Ertaga yangilanayotgan jamoa bilan o‘yin o‘tkazamiz. Maqsadimiz Jahon chempionati saralashida muvaffaqiyatli ishtirok etish. Ertaga biz uchun natija muhim emas. Biz ko‘proq o‘yinimizni shakllantirish ustida ish olib boramiz. O‘z oldimizga qo‘ygan vazifani uddalash uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilamiz”, - dedi Yun Chon Su.

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 21:39, 06.06.2019.
O'qildi: 5569 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.