Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Turkiya superkubogi Toshkentda o‘tkaziladimi?

Turkiya superkubogi Toshkentda o‘tkaziladimi?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Feysbukning Maslahat.uz guruhida Dilshod Haitmetov qiziq voqea haqida hikoya qilgan.

Bugun Istanbuldagi "Javohir" savdo supermarketida qiziq bir voqeaning guvohi bo‘ldim. Yaqinlarimga esdalik sovg‘alarini ola turib, "Beshiktosh" "firmenniy" magaziniga kirdim va kalitga taqiladigan "brelok"lardan sotib oldim. Sotuvchi qiz breloklarni "Beshiktosh" rasmi tushirilgan selofan paketga joylashtirdi. So‘ngra "Galatasaroy" "firmenniy" magaziniga kirdim. U yerda ham "Galatasaroy" jamoasining breloklaridan harid qildim. Sotuvchi bola breloklarni "Galatasaroy" rasmi tushirilgan selofan paketga solmoqchi edi, men unga:

— Kerak emas paket, — dedim va breloklarni olib, Beshiktosh paketiga joylashtirmoqchi bo‘lgandim... Boyagi sotuvchi bolaning jahli chiqib, menga o‘qrayib:

— Ol bu yoqqa breloklarni, "Beshiktosh" paketiga aralashtirma ularni. Agar mehmon bo‘lmaganingda adabingni berardim, — desa bo‘ladimi?

Uning bu do‘q urishidan tushundimki, sotuvchi bola "Galatasaroy"ning ashaddiy muxlisi, ya’ni "fanat"i ekan. Men esa bilmay uning hamiyatiga tegibman.

Xullas hammasi yaxshi yakunlandi. Bahonada tanishib ham oldik. Sotuvchi bola "Galatasaroy" paketiga breloklarni sola turib, "Eshitishimcha, Turkiya superkubogi Toshkentda o‘tkazilarmish, shu rostmi?", deb so‘radi. Men hozirgi paytda shu masala ustida O‘zbekiston va Turkiya futbol assosiasiyalari ishlashayotganini aytdim.

— Agar shunday bo‘lsa, man albatta Toshkentga boraman, dedi sotuvchi.
— Albatta keling, birgalashib ko‘ramiz, - deya magazinni tark etdim...

Ma’lumot o‘rnida. 2019 yilgi Turkiya superkubogi bahsi "Galatasaroy" va "Akxisar Belediyespor" jamoalari o‘rtasida kechadi. "Galatasaroy" 2018/2019 yilgi mavsumda ham chempionlikni, ham mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi. "Akxisar Belediyespor" esa Turkiya kubogi finaligacha yetib keldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:21, 07.06.2019.
O'qildi: 6949 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик