Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-0 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

KXDR ustidan qozonilgan g‘alabada muxlislarning ham hissasi katta

KXDR ustidan qozonilgan g‘alabada muxlislarning ham hissasi katta

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar
Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi KXDRga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. O‘yin yirik hisobda vakillarimiz foydasiga yakunlandi.   Mazkur chiroyli g‘alabada "Milliy" stadionga yig‘ilgan 34 000 nafarga yaqin muxlislarning ham hissasi katta ekanini alohida ta’kidlash kerak. Ular o‘yin davomida tinmasdan futbolchilarimizni olqishlab turishdi. Stadionda ajoyib atmosfera yaratishdi.Ayniqsa, turli rangdagi bayroqchalarni ko‘tarib o‘ziga xos mozaika yaratilgani, xuddi Yevropa stadionlaridagi kabi chiroyli manzarani yuzaga keltirdi.    Bunday muhit o‘zimizning futbolchilarga dalda bergan bo‘lsa, raqib futbolchilarini dovdiratib qo‘ydi. Bu haqida KXDR terma jamoasi bosh murabbiyi Yun Chon Su ham o‘yindan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi. "Bugungi o‘yinda stadiondagi muhit bizning futbolchilarga bosim yukladi. Ular o‘z o‘yinlarini namoyish qila olishmadi", deb ta’kidladi. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuper ham muxlislarning tashirfini alohida baholadi. "Bugun stadionda ko‘plab muxlislarni ko‘rib juda ham xursand bo‘ldim. Ochig‘i, o‘rtoqlik o‘yiniga bu qadar ko‘p muxlis keladi, deb kutmagandim. Bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildirib o‘taman", - dedi Kuper.   Qadrli futbol muxlislari! O‘zbekiston milliy terma jamoasi sizning qo‘llab-quvvatlashingiz ostida yanada yaxshiroq va chiroyliroq o‘yin namoyish qilishga, ijobiy natija qayd etib, yurtimizdagi barcha muxlislarni xursand qilishga intiladi! Shunday ekan, stadionga tashrif buyuring, terma jamoamizni olqishlang va g‘alabaga o‘z hissangizni qo‘shing!   11 iyun kuni soat 18:30da Suriya terma jamoasiga qarshi kechadigan o‘yinda barcha muxlislarni "Milliy" stadionda kutib qolamiz!

Manba: UFA
Kiritildi: 09:45, 08.06.2019.
O'qildi: 2769 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик