Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur o‘yin oldidan terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Misr terma jamoasi Afrikadagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi. Shunday ekan, oldinda bizni kuchli raqibga qarshi qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi. Biz uchrashuvda ijobiy natijaga erishish uchun harakat qilamiz va umid qilamanki, stadionga yig‘ilgan muxlislarni xursand eta olamiz. Buning uchun esa andijonlik ishqibozlar ham jamoamizni faol tarzda qo‘llab-quvvatlashlariga ishonaman. Qolaversa, tarkibimizda ajoyib futbolchilar bor va ular o‘z vaqtida Osiyo chempioniga aylanishgan. Bunday raqibga qarshi bahsda o‘zlarini ko‘rsata oladilar, deb umid qilaman.
Umuman olganda, Misr terma jamoasi haqida ma’lumotlarga egamiz. Futbolchilarimiz ham ertaga qanday raqibga qarshi maydonga tushishlarini yaxshi bilib turibdilar. Biz Misrning o‘yinlarini jamoaviy tarzda ham ko‘rib, tahlil qilib chiqdik. Muxlislarni qiziqarli to‘qnashuv kutib turibdi.
Tarkibimizda yo‘qotishlar yo‘q emas. Bir qator futbolchilarimiz milliy terma jamoamizga chaqirilishgan bo‘lsa, Islom Kenjaboyev bilan Jasur Yaxshiboyevda jarohatlar bor. Albatta, tarkibimizda yangi nomlar ham yo‘q emas. Bu o‘yin esa ular uchun o‘zlarini ko‘rsatishga bo‘lgan imkoniyat. Olimpiya terma jamoasida o‘zini ko‘rsatgan o‘yinchilar milliy termaga ham jalb etilmoqdalar. O‘ylaymanki, tarkibimizdagi har bir o‘yinchi ham milliy termada to‘p surishni istaydi. Buning uchun esa ular o‘zlarini har tomonlama ko‘rsata olishlari lozim. Bu borada esa har bir futbolchimizda bunday imkoniyat bor. Oldimizda Osiyo chempionati musobaqasi turibdi. Asta-sekin ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko‘rib boryapmiz. Hammasi rejamiz asosida davom etmoqda", - dedi Lyubinko Drulovich.
Rafinya kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi [7967]
Abduqodir Husanovning “Everton”ga qarshi muhim o‘yindagi harakatlari qanday baholandi? [3830]
«Siti» futbolchisi «Barselona»ga taklif qilindi [3303]
"Barsa" yangi o‘ng qanot himoyachisi topdi [2448]
«Arsenal» va «Manchester Siti»ning qolgan o‘yinlari taqvimi qanday? [2397]
Gvardiola APLdagi chempionlik poygasi haqida fikr bildirdi [2223]
Mbappe «Real»dan ketishi mumkin - Tafsilotlar [1952]
APLligasi. «Manchester Siti» so‘nggi soniyalarda mag‘lubiyatdan qutulib qoldi (videosharh) [1814]
2025-yilda qaysi jamoaning liboslari ko‘proq sotildi? [1779]













