Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

Millatlar ligasi. Angliya penaltilar seriyasi orqali bronza medaliga ega chiqdi

Millatlar ligasi. Angliya penaltilar seriyasi orqali bronza medaliga ega chiqdi

Baho:
+ | -

UYEFA millatlar ligasining final bosqichida 3-o‘rin uchun o‘yin bo‘lib o‘tdi. Shveysariya va Angliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi.

Darvoqe, uchrashuvning 83-daqiqasida Uilson raqib darvozasini ishg‘ol qilib, britaniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan edi. Ammo hakam vaziyatni qaytadan ko‘rganidan keyin golni bekor qildi. Boisi, futbolchi gol urishidan oldin himoyachini tortib yiqitgan edi.

Penaltilar seriyasida esa omad inglizlarga kulib boqdi. Dastlabki besh martadan berilgan zarbalarning barchasi golga aylandi. Jamoasining beshinchi zarbasini golga aylantirgan Angliya terma jamoasi posboni Jordan Pikford, Shveysariyaning oltinchi zarbasini qaytardi. Natijada Angliya termasi UYEFA millatlar ligasining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

UYEFA Millatlar ligasi, 3-o‘rin uchun o‘yin
Shveysariya – Angliya - 0:0. Penaltilar bo‘yicha — 5:6
Shveysariya – Zommer, Sher, Akanji, Rodriges (Drmich, 87), Elvedi, Fernandesh (Zakariya, 61), Froyler, Shakiri (Suber, 65), Jaka, Mbabu, Seferovich (Okafor, 113).
Angliya – Pikford, Maguayr, Gomes, Rouz (Uoker, 70), Delf (Barkli, 105), Alli, Lingard (Sancho, 105), Sterling, Dayer, Aleksander-Arnold, Keyn (Uilson, 75).
Penaltilar seriyasi:
Maguayr (0:1) — Suber (1:1)
Barkli (1:2) — Jaka (2:2)
Sancho (2:3) — Akanji (3:3)
Sterling (3:4) — Mbabu (4:4)
Pikford (4:5) — Sher (5:5)
Dayer (5:6)  — Drmich (5:6)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:51, 09.06.2019.
O'qildi: 4198 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик