Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Kutib oling, Sergeev qaytmoqda?

Kutib oling, Sergeev qaytmoqda?

Baho:
+ | -

Ushbu maqolada asosan 7 iyun kuni “Milliy” stadiondabo‘lib o‘tgan O‘zbekiston – KXDR o‘yinida uchinchi golni urgan Igor Sergeev haqida gapirmoqchimiz. 

Turkiyaga qarshi o‘yin: Tan olib aytish kerak O‘zbekiston bu o‘yinda juda yaxshi o‘ynadi deb ayta olmaymiz. Kimsan jahon chempionlarini mag‘lub etgan turklarga O‘zbekiston ham 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

O‘yindan so‘ng o‘ziga qarata otilayotgan tanqidlarga  Ektor Kuper shu tariqa javob bergan: Reytingda bizdan baland bo‘lgan jamoalar bilan o‘ynaymiz, mening Didye Desham bilan aloqalarim yaxshi, balki FIFA reytingida 1-o‘rinda borayotgan Fransiya bilan ham o‘ynarmiz.

Aynan shu so‘zlardan keyin Turkiya O‘zbekiston o‘ynamoqchi bo‘layotgan Fransiyani 2:0 hisobida yengdi. Janob Kuperning Desham bilan aloqari qanchalik yaxshiligini shundan ham bilib olsa bo‘ladi (albatta, hazil). O‘zbekiston uchun  Turkiyadek jamoa bilan o‘ynash, har qanday ham holatda foyda.

Hozir ko‘proq ikkinchi o‘yin haqida gapirmoqchimiz aniqrog‘i: juda ko‘p davom etgan golsiz seriyadan keyin gol urgan Igor Sergeev haqida. Ha, o‘sha ko‘pchilikning ko‘z oldida “ola mushukka” aylanib qolgan Sergeev xaqida. To‘g‘ri, Igor oxirgi o‘yinlari bilan muxlislarni xursand eta olmayapti. Har-holda u “Paxtakor” o‘yinlarida asosiy tarkibdan joy olyapti.

Lekin bu holat har qanday futbolchi bilan ham bo‘lishi mumkin. Igorning yoshligini eslang: qanday hujumchi edi-a? Terma jamoadagi debyuti o‘sha mashhur Iordaniya bilan o‘yin (Paxtakorda chiroq o‘chgan o‘yin) o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida gol urganida Xayrulla Xamidov: milliy  terma jamoaga hush kelibsan Igor deganida futbol jamoatchiligi juda  xursand bo‘lgan edi. Chunki ko‘z oldimizda o‘zbek futbolining kelajagi namoyon bo‘layotgan edi go‘yo...

Haqiqatdan ham yaxshi tasurot qoldirgan edi Igor o‘sha o‘yinda. Shundan so‘ng Sergeevni O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ko‘rishga o‘rganib qoldik. Sergeevni yomon ko‘radiganlar: Igorning boshi JCH saralashi-yu, Osiyo kuboklarida O‘zbekistonga qanchadan-qancha juda ham zarur ochkolarni keltirganini bir eslang.

Ishonish qiyin bo‘lsa ham bu fakt: Sergeev xozir O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida harakatlanayotgan eng sermaxsul hujumchi. Uning hisobida 12 ta gol mavjud. “Paxtakor” uchun ham u oz emas, ko‘p emas 66 golga mualliflik qilgan. Yomon natija emas. 2015 yilda futbolchi 24 gol bilan Oliy liga to‘purarlari ro‘yxatida yetakchi bo‘lgan.

Boz ustiga, futbolchi yoshligidan O‘zbekistonning har xil yoshdagi terma jamoalarida namunali o‘ynab kelgan. Bunga misol: Sergeev U-19 terma jamoasida 14 uchrashuvda 9 gol urgan. Havas qilsa arziydigan natija.

Hozirgi kunda Sergeev juda yaxshi o‘ynayapti deya olmaymiz, vaziyatga real baho berish kerak. Lekin u qaytyapti, ha bu gapning  vazni og‘ir bo‘lsada aytish kerak. Ayta olish kerak. Igor qaytyapti!

Garchi “Paxtakor” Osiyo Chempionlar Ligasidan chiqib ketgan bo‘lsada Sergeev asta-sekinlik bilan o‘zini avvalgi damlarini esga olib shunga yarasha o‘ynay boshladi. Avvalroq “Kutib oling “Paxtakor” qaytmoqda” degan maqola yozgan edim. Aynan shu maqolada “Kutib oling Sergeev qaytmoqda” deyishni juda xoxlayotganimni aytgan edim. Shu so‘zni hozir yana aytaman.

Igorning muvaffaqiyatsiz o‘yinlari qachondan boshlanganini hamma juda yaxshi biladi. Endi u davrlar o‘tdi,endi futbolchining qaytishiga muxlislarning ko‘magi kerak. Hujumchi ruxan qayta tiklanishi kerak. Uning  KXDR bilan bo‘lgan o‘yindagi golini eslataman: to‘g‘ri Sergeev tayyorga ayyorlik qildi deyishimiz ham mumkin.

Ha Igor himoyachining xatosidan unumli foydalandi. Ammo asosiysi bu emas, asosiysi futbolchining golni qanday emosiya bilan nishonlagani. Futbolchining holati barchaga ayon edi. Bu gol hujumchi uchun juda katta ruhiy dalda bo‘ldi. U gol urgan vaqtda stadionla o‘zi uchun yozilgan: “Igor biz sen bilan” banneri tomon yuzlandi va ushbu yozuvlarga munosib javob qaytarayotganiga ishora qildi.

So‘nggi so‘z o‘rnida, Igor Sergeev qaytadimi yo‘qmi bunisi oliy hakam – vaqtga havola. Ammo bir narsani chin dildan istayman. Nimani deysizmi?O‘zbekiston terma jamoasining keyingi o‘yinida Xayrulla Hamidov Igor qaytganing rost bo‘lsin deyishlarini.

P.S: Sergeevning qarindoshi emasman, unga hech qanday aloqam yo‘q. Shunchaki O‘zbekiston terma jamoasining xujum chizig‘i kuchayshini qattiq istayman. Shomurodov, Abduxoliqov yaxshi o‘ynamoqda, bizga Sergeev kerak emas deganlarga: Shomurodov va Abduxoliqov yaxshi o‘ynamoqda, to‘g‘ri lekin Sergeevning ham yaxshi o‘yin namoyish etgani terma tamoa uchun zarar emas. Shunchaki sog‘lom raqobat bo‘ladi xolos. Axir bekorga aytishmaydi “Raqobat bor joyda, o‘sish bo‘ladi” deb.

Jahongir Sotiboldiyev

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 11:37, 11.06.2019.
O'qildi: 5399 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.