Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

“Zarangari” va “Ittifoq Buxoro” futbol klublarining lisenziyalari qaytarib olindi

“Zarangari” va “Ittifoq Buxoro” futbol klublarining lisenziyalari qaytarib olindi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Ijroiya Qo‘mitasi hamda O‘zbekiston professional futbol ligasi Ijroiya Qo‘mitasining qo‘shma yig‘ilishida “Zarangari” va “Ittifoq Buxoro” futbol klublarini B Pro-ligadan chetlashtirish masalasi ko‘rib chiqildi. 

Joriy yilning 23 aprel kuni bo‘lib o‘tgan B Pro-liganing 3-turi doirasidagi “Zomin” – “Zarangari” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga “Zarangari” futbol klubi belgilangan vaqtda kelmagani uchun jamoaga nisbatan texnik mag‘lubiyat qayd etilgan edi. Shuningdek, 4 iyun kuni bo‘lib o‘tgan B Pro-liganing 9-turi doirasidagi “Orol” – “Zarangari” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga ham “Zarangari” futbol klubi belgilangan vaqtda kelmagani uchun texnik mag‘lubiyat qayd etilgan. Qolaversa, “Zarangari” futbol klubi qatnashchilik badalini O‘zPFLga joriy yilning 20 mart kuniga qadar to‘lashi lozimligi belgilangan bo‘lsa-da, o‘tgan davr mobaynida futbol klubiga bir necha marotaba ogoxlantirish berilganiga qaramasdan qatnashchilik badalini hozirgi kunga qadar to‘liq to‘lamagani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek,  Buxoro viloyatining “Ittifoq” futbol klubi O‘zPFL tomonidan  futbolchilarga berilgan tegishli lisenziyalar qalbakilashtirilgani, U-18 jamoasi tashkil etilmagani, qatnashchilik badalini O‘zPFLga joriy yilning 20 mart kuniga qadar to‘lashi lozimligi belgilangan bo‘lsa-da,  o‘tgan davr mobaynida futbol klubiga bir necha marotaba ogoxlantirish berilganiga qaramasdan qatnashchilik badalini hozirgi kunga qadar to‘liq to‘lamagani,  Buxoro viloyatining “Ittifoq” futbol klubi bosh murabbiyi Sherzod Sattorov kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgani aniqlangani ma’lum bo‘ldi. 

“Zarangari” futbol klubi 2019 yilgi musobaqalarni o‘tkazish reglamentining 15.8.  hamda 6.24-bandiga asosan O‘zbekiston chempionatining B Pro-ligasidan chetlashtiriladi. 

Buxoro viloyatining “Ittifoq” futbol klubi ham 2019 yilgi musobaqalarni o‘tkazish reglamentining xuddi shu bandlari hamda Intizom kodeksining 5.35-bandiga asosan O‘zbekiston chempionatining B Pro-ligasidan chetlashtirildi.

Ushbu ikki jamoa hozirga qadar mavsum hisobidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan o‘yinlarning yarmini hali o‘ynab ulgurmagani sabab Reglamentga ko‘ra, ularning hozirga qadar o‘tkazgan bahslari natijalari to‘liq bekor qilinadi.

Mazkur klublarga o‘zlari shartnoma imzolagan futbolchilar va boshqa ishchi xodimlar bilan shartnomada shu kungacha belgilangan shartlarni to‘liq bajarish majburiyati yuklanadi. 

2019 yilning 12 iyun sanasidan boshlab har ikki klub futbolchilari erkin agentga aylanadi va ularga 9 iyul sanasidan boshlab boshqa klublar bilan shartnoma imzolashga ruxsat etiladi.

Klublar mazkur qaror yuzasidan 10 kun ichida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi Appelyasiya qo‘mitasiga shikoyat qilishi mumkin. 

Manba: www.pfl.uz
Kiritildi: 14:47, 11.06.2019.
O'qildi: 1434 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик