Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Neymar va Messi ortasida kichik nizo paydo bo‘ldi

Neymar va Messi ortasida kichik nizo paydo bo‘ldi

Baho:
+ | -

«Copa Amerika» musobaqasi boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Butun dunyoning e’tibor markazida bo‘luvchi ushbu turnirga ko‘pchilikda qiziqish katta. Bu musobaqada fovorit sanaladigan azaliy raqiblar Braziliya va Argentina terma jamoalari allaqachon OAV orqali kurashni boshlab yuborishdi. Avvaliga Neymar o‘z intervyusi bilan Messi haqida fikr bildirgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay Leo sobiq jamoadoshiga javob qaytardi. Ushbu intervyularni e’tiboringizga havola etamiz

Neymar

So‘nggi paytlarda meni omadsizliklar quvib yurganga o‘xshaydi. Kariyeramda ham, shaxsiy hayotimda ham muammolarga o‘ralashib qoldim. Mehmonxonadagi qiz voqeasi qanday yakun topganidan xabaringiz bor. Men oqlandim va haqiqat yuzaga chiqdi. Bu mavzuga boshqa qaytishni istamayman. Yana shuni ta’kidlab o‘tishim joizki, o‘z jarohatimni jiddiy deb hisoblamayman. Sababi, shifokorlarim men bilan tinimsiz ishlashmoqda.  Umid qilamanki  1-uchrashuvga qadar hamma muommolarni yengib maydonga tushaman. Agarda  jarohatimni to‘liq yengishning iloji bo‘lmasa, hal qiluvchi uchrashuvlarda jamoamga yordam beraman. Bu musobaqani o‘tkazib yuborish niyyatim yo‘q. Men Braziliyani bu turnirdagi yaqqol fovorit deb bilaman va chempionlik uchun oxirigacha kurash olib boramiz.  
Argentina terma jamoa sifatida bizdan ancha orqada. To‘g‘ri, ular safida Messi bor va uni hurmat qilaman, lekin bitta Messining o‘zi butun jamoani har doim ham tortib yura olmaydi. Argentinada jangovor tarkib bo‘lsada, ular ko‘pincha  muhim uchrashuvlarda o‘zlarini ko‘rsata olishmaydi. Agarda bu ikki terma jamoaning musobaqa davomida yo‘llari kesishadigan bo‘lsa, Braziliya g‘olib bo‘lishiga aminman. To‘g‘risi, bu musobaqa uchun ham ruhan, ham  jismonan katta tayyorgarlik ko‘rdik va chempion bo‘lish maqsadidagina maydonga tushamiz.

Bu intervyudan so‘ng  Argentinalik muxlislar va futbolchilarning  Neymarga bo‘lgan «hurmat»lari yanada oshgan bo‘lsa, ajab emas! Argentinaning o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng o‘tkazgan matbuot anjumanida ayni shu intervyu haqida Messiga savol berildi. Leo esa hurmat doirasidan chiqmagan  holda Neymarning intervyusiga javob qaytardi

Messi

Biz ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik va yirik hisobda g‘alaba qozonishni uddaladik. Hozir biz uchun eng muhimi shu. Bu g‘alaba biz uchun juda muhim edi. Sababi, katta musobaqa oldidan futbolchilarda o‘z kuchiga ishonch hosil bo‘lishi suv va havodek zarur. Biz katta musobaqada ishtirok etishga tayyormiz. Natijani avvaldan qayd etish ko‘pincha yaxshi holatlarga olib kelmasada, biz eng yaxshisiga umid qilyapmiz.
Neymarning so‘zlarida jon bordek. Uning intervyu berishga haqqi bor va bu bizga zarracha ta’sir o‘tkazmaydi. Sababi, men o‘z jamoamni fovorit deb hisoblamayman va boshqalar ham shunday o‘ylashini istayman. Nega deysizmi? Gap shundaki atrofdagi insonlar sizni fovorit deb hisoblasa, bu jamoaga katta bosim yuklaydi. Katta musobaqalarda bunday bosim futbolchiga faqat va faqat ziyon keltirishi hammaga ayon. O‘zi bizga bo‘layotgan bosimning o‘zi ham yetarlicha va bizga bundan ortiqchasi kerak emas. Neymarning Braziliya terma jamoasi haqida aytilgan so‘zlariga qisman qo‘shilaman.

Aslida qit’a chempionatida Braziliya va Argentina doimo fovorit sanalib kelingan. Bu shunday davom etayotganidan hursandman. Hozirgi holatimizdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, Braziliya chempionlik uchun asosiy da’vogar va bizga ortiqcha bosim kerak emas.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 16:25, 12.06.2019.
O'qildi: 19080 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик