Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-0 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 0-0 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

Andrey Shipilov: «Ikki taym bir xil tempda o‘ynash qiyin»

Andrey Shipilov: «Ikki taym bir xil tempda o‘ynash qiyin»

Baho:
+ | -

11-tur doirasida bo‘lib o‘tgan "Andijon" - "Metallurg" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Joriy yilda yangi bosh murabbiy bo‘lgan jamoaga ikkinchi marotaba duch kelyapmiz. Shunday bo‘lishiga qaramasdan biz tayyorgarlik ko‘rdik. "Andijon" jamoasining kuchli va kuchsiz tarafini o‘rgandik. 35-37-daqiqalarda keraksiz follarni ishladik. Natijada o‘z darvozamizdan gol o‘tkazib yubordik. Biz birinchi bo‘limda rejadagidek o‘ynay olmadik. Bir qator paslarimiz aniq amalga oshirilmadi. Raqib bizni yaxshi pressingda ushladi. Ikkinchi bo‘limda esa o‘z o‘yinimizni topdik, foydali o‘zgarishni amalga oshirdik. Shu o‘zgarishlar orqali o‘yin suratini o‘zgartirdik. Natijada esa hisobni tenglashtirdik. Biz hisob uchun o‘ynamadik, atayin vaqtni cho‘zmadik, 94-5-daqiqaga o‘ynadik. 2-3 ta yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘ldik. O‘ylaymanki, bugungi o‘yin natijasi adolatli bo‘ldi.

- Bugun raqibdan qanday o‘yin kutgandingiz?

- Kuchli pressing kutgandim, Oybek Qilichev tomonidan jarima zarbalari kutgandim, burchak to‘pini o‘yinga kiritilayotganda bo‘ydor futbolchilaridan xavfli vaziyatlar yuzaga keltirishini kutgandim, Bobur Akbarov, Ildar Mamatkazin kabi bosh bilan yaxshi o‘ynay oladigan futbolchilar borligi uchun ulardan xavf kutgandim. Kutganimdek, Mamatkazin gol kiritdi. Qaysi tarafdan xavf kutgan bo‘lsak, o‘sha tarafdan keldi biz kutgan xavf. Ikki taym pressing qo‘llab bo‘lmaydi, bu mening shaxsiy fikrim. Birinchi bo‘limda kuchli pressing qo‘lladi raqiblarimiz, lekin ikkinchi taymda kuchi yetmay qoldi. Shuning uchun bo‘lsa kerak, biz javob to‘pini kiritdik.

- Tarkibingizda mahoratli futbolchilar bor, lekin natija a’lo darajada emas. Bu nima bilan bog‘liq?

- Kecha bir inson bilan 30 minut suhbatlashdim. Uning ham xuddi shunday savoliga javob bergandim. O‘tgan yili bizda yaxshi saviyadagi futbolchilar jamlangandi. Lekin bizning tajribamizga shubha bilan qarashgandi, qo‘pol qilib aytganda, bizni mensishmagandi. Bu yil bo‘lsa 2-3 nafar nomdor futbolchilarni o‘z safimizga qo‘shib olganimizdan so‘ng, bizga ham "Paxtakor", "Lokomotiv", "Nasaf" kabi jamoalargi qarshi tayyorgarlik ko‘rayotgandek tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:11, 17.06.2019.
O'qildi: 1993 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик