Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/02 00:45 Kalyari 0-2 Lechche
17/02 01:00 Jirona 2-1 Barselona
17/02 15:00 Seul 2-2 Sanfrechche Xirosima
17/02 15:00 Matida Zelviya 3-2 Chengdu Rongcheng
17/02 17:15 Buriram Yunayted 2-0 Shanghai Shenhua
17/02 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-0 Vissel Kobe
17/02 21:00 As-Sadd 1-4 Al-Ittihod
17/02 21:00 Al-G‘arafa 0-2 Traktor
17/02 22:45 Galatasaroy 5-2 Yuventus
18/02 01:00 Benfika 0-1 Real Madrid
18/02 01:00 Monako 2-3 PSJ
18/02 01:00 Borussiya D 2-0 Atalanta

Gimnastikachi qizlarimiz Osiyoda tengsiz

Gimnastikachi qizlarimiz Osiyoda tengsiz

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Tailandning Pattayya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytga kelib, musobaqada ishtirok etayotgan terma jamoamiz vakillari 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi.

Sabina Tashkenbayeva yakkalik bellashuvlarining ko‘pkurash yo‘nalishi bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Nurinisso Usmonova hamda Yekaterina Fetisova bilan jamoaviy bahsda ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Jamoaviy yo‘nalishda Xitoy va Yaponiya terma jamoalari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.

Shuningdek, guruh mashqlari bo‘yicha qatnashgan qizlarimiz kumush medalga sazovor bo‘lishdi. Bu bahsda Yaponiya birinchi, Xitoy termasi esa uchinchi natijani qayd etgan. Musobaqa davom etadi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:15, 21.06.2019.
O'qildi: 1889 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.