Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

Davron Fayziyev: «Tanaffusda «Dinamo» futbolchilariga chempionni yutsak, biz chempionmiz» deb aytdim»

Davron Fayziyev: «Tanaffusda «Dinamo» futbolchilariga chempionni yutsak, biz chempionmiz» deb aytdim»

Baho:
+ | -

“Dinamo” – “Lokomotiv” (2:1) uchrashuvidan keyin samarqandliklar bosh murabbiyi Davron Fayziyev matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

- Avvalambor, barchani ajoyib g‘alaba bilan tabriklayman! Bugun o‘yindagi “aybdor” “Dinamo” futbolchilaridir. Ular maydonda borlarini berishdi. O‘yindan oldin matbuotda ushbu bahsga doir qiziqarli ma’lumotlar chiqqan edi. “Lokomotiv” 11 seriyalik mag‘lubiyatsiz o‘yin o‘tkazayotgani, “Dinamo” esa Samarqandda mag‘lub bo‘lmayotgani haqida. Ochig‘i o‘zim faqat duranglarni sanab, uyimizda bu yil umuman mag‘lub bo‘lmaganimizga e’tibor bermagan ekanman. Xudoga shukur, bugun ham Samarqand ahli, rahbarlarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Ishtiyoq, ishonch bizda kuchli edi. Bugun 12-o‘yinchi bo‘lmish samarqandlik muxlislar bizga katta kuch berishdi. Yutug‘imizda barchaning hissasi katta bo‘ldi. Oxirgi o‘yinlardagi qator 2:2 duranglardan keyin o‘yin yakunigacha shu hisobdan qo‘rqib turgandim, shukurki g‘alaba qozondik. Bugungi g‘alaba Samarqand xalqiniki! Keyingi kubok va “Bunyodkor”ga qarshi bahsda ham muxlislarimiz shunday qo‘llab-quvvatlashsa, nasib qilsa ishonchlarini oqlashga intilamiz.

- Bugungi o‘yin qahramoni Qadamboy Nurmetov haqida ikki og‘iz fikr bildirsangiz...

- Hujumchining vazifasi gol urish, Qadamboy bugun shu ishni qildi. Bugun qahramon men uchun, bitta emas, maydondagi 11 ta futbolchi va butun jamoani qahramon deb bilaman. Aytaylik, darvozabonimiz Botirali ham bizni muqarrar gollardan saqladi, Jasur Azimov ko‘p harakat qildi, maydon markazi va himoyada ham yomon o‘ynamadik – umuman bugun maydondagi barcha futbolchilari qahramon bo‘lishdi.

- Jasur Azimov markazda juda yaxshi o‘ynaydi, ammo uni chap qanotda o‘ynatayapsiz. Bu majburiy qarormi?

- Jasurni statistikasiga e’tibor bersangiz, u avval asosan chap qanotda o‘ynagan. Biz uchun chap qanot og‘riqli nuqta. Shu bois uni Azimovga ishonayapman. Qo‘qonda ham, bugun ham Azimov bu qanotda yomon harakat qilmayapti. Natija berayotgan ekan, uni shu yerda o‘ynataveraman.

- Jiddiy jarohat olgan Damir Temirov haqida ma’lumot bormi?

- Hozirgina ma’lumot berishdi, Damir shifoxonadan qaytib keldi. Qo‘li ozgina o‘z joyidan siljigan. Bu jiddiy jarohat emas, nasib qilsa u keyingi o‘yinlarda bizga yordam bera oladi.

- Davron aka, “So‘g‘diyona”da ham, “Dinamo”da ham nomdor bo‘lmagan, xususan Pro-Liga uchun tayyorlangan jamoa bilan to‘p surib, chempionni yutadigan darajaga olib chiqdingiz. Bugun jamoa tanaffusdan keyin o‘ziga ishonib maydonga tushdi. Tanaffusda yigitlarga nima dedingiz?

- To‘g‘risi yashiradigan narsa yo‘q, futbolchilarni ruhlantirdim. O‘yindan oldin ham, bugun tanaffusda ham “Dinamo” futbolchilariga “Bugun “Lokomotiv”ni mag‘lub etsalaring, ulardan titulni olib qo‘ygan hisoblanasilar, ya’ni chempionni yutsak, biz chempionmiz” deya ta’kidladim. “So‘g‘diyona” ham mening bir bo‘lagim, doim yuragimda qoladi, ammo bugun bor e’tiborim “Dinamo” bilan birga.

- Seshanba kuni Kubok o‘yinida ham asosiy tarkib tushadimi?

- Men uchun asosiy tarkib 27 nafar futbolchidan iborat jamoadir. Kubokda ham, chempionat o‘yinida ham ushbu tarkibni teng taqsimlab, ulardan foydalanaman.


Usmon Ibodov yozib oldi.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 22:09, 21.06.2019.
O'qildi: 4212 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.