Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Azar Ronalduning o‘rnini bosa oladimi?

Azar Ronalduning o‘rnini bosa oladimi?

Baho:
+ | -

 Hozirda butun dunyo  Eden Azarning «Real Madrid» klubi safiga o‘tgani borasida o‘z fikrini bildirmoqda. Bugun e’tiboringizga aynan shu mavzuda  murabbiylar tomonidan bildirilgan fikrlar jamlangan intervyularni taqdim etamiz.

Fernando Mariyentos

Hech kim Ronalduning o‘rnini bosa olmaydi. Hech kim u bilan tenglasha olmaydi. To‘g‘ri, Eden dunyoning eng kuchli futbolchilaridan biri, lekin uning jamoaga kelishi Krishni o‘rnini to‘ldira olmaydi. Birinchi navbatda Eden Madridga moshlashib olishi va o‘z o‘yinini namoyish etishi zarur. «Real Madrid» Azar singari hujumkor futbolchiga muhtoj edi va jamoa o‘z niyyatiga erishdi. Shunday bo‘lsada, Edenning «qirollik klubi»dagi o‘yinlari yorqin bo‘lishi uchun jamoa unga Ronalduga ishonganidek ishonmog‘I zarur.

Xose Antonio Kamacho

Azar - u top futbolchi bo‘lsada, uning Ronaldu bilan birorta o‘xshash jihati yo‘q. Ronaldu jarima maydonchasida qotildek harakatlanadi. Uni to‘xtatib qolishning deyarli iloji yo‘q. Bundan tashqari Krish jamoaning g‘oliblik ruhiga va jamoadoshlarining ruhan kuchli bo‘lishlarini ta’minlab beradigan kam sonli futbolchilardan biri. Tasavvur qiling, sizning jamoaningizda dunyoning eng kuchli futbolchisi to‘p surmoqda. Albatta, bu futbolchilarda qo‘shimcha kuchning hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
 Azar kuchli futbolchi bo‘lsada, u to‘purar emas. U asosan jamoaviy o‘yinga javob beradigan futbolchi. «Real Madrid» klubi tarkibni kuchaytirishda davom etishi zarur, hozircha jamoa avvalgi darajasidan ancha uzoqda!

Visente del Boske

Men Ronalduning muxlisi emasman. U bilan birga ishlamaganman va yo‘llarimiz ham sira tutashmagan. Shunday bo‘lsada, shuni ishonch bilan aytishim mumkin-ki, «Real Madrid» Ronalduning o‘rnini bosa oladigan futbolchini jamoaga jalb qilmaguniga qadar natijalar yaxshilanmaydi. Bu shunday klub. U doimo yetakchilarga muhtoj. Hozirgi kunda «Real Madrid» klubi yetakchilarsiz o‘rtamiyona klubga aylanib qoldi.
Eden Azarning kelishi vaziyatni biroz yumshatsada, muammoga yechim bo‘la olmaydi. «Real Madrid»da katta o‘zgarishlar qilishning ayni payti!

Joze Mourinyo

Eden ajoyib yigit. U APL klublarining orzusidagi futbolchi edi. «Real Madrid» klubi ajoyib trnasferni amalga oshirdi va men ularni bu bilan tabriklashim mumkin. Ronaldu? Uni Eden bilan solishtirish mushkul. Nega deysizmi? Axir Ronaldu o‘zga sayyoradan kelgan va uni yerliklar bilan solishtirish noo‘rin!

Pochetino

O‘ylashimcha, Edenga vaqt kerak. U jamoaga moslashib ketguniga qadar bosimni yenga olsa, «Real Madrid» jamoasini oldinga chorlashi hech gap emas. «Qirollik klubi» o‘z safini yana kuchaytirishi aniq. Sababi, o‘tgan mavsumda ular o‘z tarixlaridagi eng yomon mavsumlardan birini o‘tkazishganining guvohi bo‘ldik.
Ko‘plab jurnalistlar Ronalduning o‘rnini Azar bosa oladimi deya savol berishni boshlab yuborishdi. Ularning barchasiga javob bitta. Vaqt, vaqt, vaqt…
Hammasi uchun vaqt talab etiladi. Eden maydonga tushmasidan turib bu uning qo‘lidan keladi yoki aksinchami, bayonot berishdan ma’ni yo‘q. Vaqt o‘tib uning bor imkoniyatlarini ko‘rib olishga muvaffaq bo‘lamiz.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 15:54, 23.06.2019.
O'qildi: 5638 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.