Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Samvel Babayan: “Meni jonimni faqat Xudo oladi”

Samvel Babayan: “Meni jonimni faqat Xudo oladi”

Baho:
+1 | -

Bugun, 24 iyun kuni “Lokomotiv” stadionining majlislar zalida klubning yangi murabbiyi Samvel Babayan ishtirokida OAV uchun Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida jurnalistlar Samvel Babayanga sizning tankangiz kim deya savol berishdi. Babayan ushbu savolga quyidagicha javob berdi.

“Meni taniydiganlar juda yaxshi biladi, meni hech kim futboldan chetlata olmaydi. 7 yosh paytimdan futbol ichidaman. Futbol uchun qo‘limdan kelganicha ko‘plab ishlarni amalga oshirganman. Menda tanka yoki boshqa kimlar yo‘q. Jonimni faqat Xudo oladi”, deya keskig javob berdi Babayan.

“Lokomotiv” O‘zbekiston Superligasining 12-turida Samarqandning “Dinamo” klubiga imkoniyatni boy berib qo‘yganidan keyin Fyodorovga chiqish eshiklari ko‘rsatildi.Xabaringiz bor, Babayan iste’foga chiqarilgan murabbiy Andrey Fyodorov o‘rniga keldi.

Samvel Babayan “Lokomotiv” klubiga bosh murabbiy etib tayinlangani, uning qo‘l ostida O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqa olmagani va Igor Sergeevning termada almashtirib bo‘lmasfutbolchi bo‘lgani haqida gapirdi.

“Avvalo meni bosh murabbiy etib tayinlagani uchun “Lokomotiv” rahbariyatidan minnatdorman. “Loko” keyingi uch yilda O‘zbekistondagi eng kuchli jamoa ekanligini isbotladi. Klubda kuchli futbolchilar to‘plangan. Men ular bilan bir oilaga aylangan holda yaxshi natijalarga erishishga ishonaman.O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatiga chiqishida omad yetishmadi deb o‘ylayman. Janubiy Koreya bilan safar o‘yinida hech bo‘lmaganda durrang natijaga erishish kerak edi va shundagina biz mundialga borgan bo‘lardik.

Ko‘plar Igor Sergeevning termaga munosib emasligini aytgandi. Bilasizmi, u o‘z debyutini boshqa murabbiy qo‘l ostida nishonlagan. Igor Sergeev o‘sha payt klubda juda yaxshi o‘ynayotgan edi. Janubiy Koreyaga Marat Bikmayev gol urganda Igor golli vaziyatni yaratgan edi, bun hozir hech kim eslamaydi, to‘g‘rimi” deb xitob qildi Babayan.

Shu o‘rinda Samvel Babayan Latviyaning “Spartak” klubida ishlab keta olmaganida uni futboldan chetlatganlar (Umid Ahmadjonov – tahririyat) ning aybi borligini aytib o‘tdi.

“Latviyaning “Spartak” klubida bosh murabbiy bo‘lib ishlayotganimda nima bo‘lganini bilasizmi? UYEFA har doim yevropalik murabbiylarni himoya qiladi va boshqa qit’a murabbiylaridan ularni ustun ko‘radi.

Latviyada ishlab ketolmaganimga O‘FA tomonidan diskvalifikasiya qilinganim sabab bo‘ldi. Chunki u yerda  boshqa joydan diskvalifikasiya qilinib kelgan murabbiyning ishlashini xohlashmaydi. Men ishlab turganimda “Spartak”ni YECHLga olib chiqishim mumkin edi. Ammo, hammasi ortda qoldi.

Meni diskvalifikasiya qilganlar hozir ishdan ketdi, ular haqida nimadir demoqchi emasman. Xarakterim u haqida nimadir deyishimga yo‘l qo‘yib bermaydi. Endi bu voqealarni qayta eslashni xohlamayman. Bu tarixbo‘lib qoldi.

15 kundan so‘ng diskvalifikasiyamni bekor qilishgan faqat mendan buni e’lon qilmaslikni so‘rashgandi. To‘g‘ri bu ba’zi OAVning reytingini ko‘tarishi mumkin. “Bunyodkor” klubining men uchun yuborgan xati haqida balki u xat bo‘lgandir, balki shunchaki rasmiyatchilik uchun bo‘lgandir. Bu voqeada futbol yo‘q. Qaytaraman diskvalifikasiya to‘g‘risidagi tarixga qaytishni istamayman.

Har bir so‘zimizga yaratgan oliy hakam. 2018 yil yanvar oyida yordamchim bilan Moskvaning “Spartak” klubiga borib tajriba oshirdik. Keyin yozda SSKAda tajribamni oshirdim. UYEFA taklifi bilan Tallinda bo‘lgan “Real” – “Atletiko” o‘rtasidagi o‘yinda ishtirok etdim. Futbol borasida dissertasiya yozishni istagandim. Bizda murabbiylarni, futbolchilarni, hakamlarni o‘qitadigan maktablar bor. Ammo futbol menejerlarini tarbiyalaydigan joylar yo‘q”, deya so‘zlarini yakunladi. Samvel Babayan.

Ma’lumot o‘rnida, Umid Ahmadjonov O‘FA rahbarligida ishlab yurgan davrda Samvel Babayan futboldan umrbod chetlatilgan edi.

Manba: Worldnews.uz
Kiritildi: 13:42, 24.06.2019.
O'qildi: 9172 marta.
Fikrlar: 43 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.