Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/01 00:45 Yuventus 5-0 Cremonese
13/01 01:00 Sevilya 0-1 Selta
13/01 16:30 O‘zbekiston 2-0 Janubiy Koreya
13/01 16:30 Eron 0-1 Livan
13/01 21:30 Yaponiya 2-0 Qatar
13/01 21:30 BAA 1-1 Suriya
14/01 16:30 Iroq - Avstraliya
14/01 16:30 Tailand - Xitoy
14/01 22:30 Napoli - Parma
15/01 00:45 Inter - Lechche
15/01 22:30 Verona - Bolonya

Neymar «Barselona»dan uzr so‘rashga tayyor

Neymar «Barselona»dan uzr so‘rashga tayyor

Baho:
+ | -

Neymar 2017 yilda "Barselona"ni tark etgani uchun omma oldida uzr so‘rashga tayyor. Bu haqda Kataloniyaning Diario Sport nashri xabar tarqatdi.

Braziliyalik futbolchi faqatgina moliyaviy manfaatlar tufayli Parijga ko‘chib o‘tganini ilk marta tan olishi mumkin. U "PSJ"ga o‘tganidan keyin yillik maoshi 14 million yevroga ko‘paygandi.

Bugungi kunga kelib futbolchi xatoga yo‘l qo‘yganini tushunib yetdi. Hozirda uning faoliyatida pasayish yuz bermoqda. U o‘tgan mavsumda «Oltin to‘p» uchun da’vogarlarning top o‘ntaligiga kirmadi. Bu yil ham sovrin uchun uning imkoniyati juda past baholanmoqda.

Neymar so‘nggi marta 2015 yilda "Barselona" safida Yevropa chempionlar ligasida g‘olib chiqqan edi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Neymar "PSJ" safiga o‘tib, xatoga yo‘l qo‘yganini  tan olsa, parijliklar uchun qo‘yib yuborishlari mumkin. Ammo jamoa uni 300 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. Ammo 27 yoshli o‘yinchi "PSJ"ni tark etishga qat’iy qaror qilsa, klub uni sotishdan boshqa yo‘li qolmaydi.

Bugungi kunda Neymar "Pari Sen-Jermen"ning birinchi raqamli yulduzi emas. U 20 yoshli Kilian Mbappening "soya"sida qola boshladi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 23:29, 24.06.2019.
O'qildi: 12928 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.