Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza 0-1 Bolonya
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe
04/03 00:30 Bornmut - Brentford
04/03 00:30 Everton - Byornli
04/03 00:30 Lids - Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton - Liverpul
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

To‘rt sport turi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

To‘rt sport turi Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi

Baho:
+ | -

Xabar berganimizdek, ayni kunlarda Shveysariyaning Lozanna shahrida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 134-sessiyasi o‘z ishini davom ettirmoqda. Sessiya ishi 2026 yilgi qishki Olimpiada mezbonini aniqlash bilan boshlandi. Shundan so‘ng Olimpiya o‘yinlarining rivojini ko‘rib chiqish uchun bir qator sport turlarini Olimpiada dasturiga kiritish masalalari ham ko‘rib chiqildi.



Unga ko‘ra, uzoq yillik kuzatuvlardan so‘ng breyk-dans, skeytbording, syorfing va sport alpinizmi 2024 yili Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari dasturiga kiritildi.



“Ushbu 4 sport turi Olimpiya harakatini butun dunyo bo‘ylab rivojlanishiga o‘z xissasini qo‘sha oladi. Bu sport turlari gender-tenglikni saqlashi, yoshlarni sportga yanada jalb etishi bilan ahamiyatli”, – dedi XOQ prezidenti Tomas Bax.

Sport alpinizmi va breyk-dans 2018 yili Argentina poytaxtida o‘tkazilgan o‘smirlar Olimpiadasida debyut qilib ulgurgan va o‘zining ommabopligi bilan ko‘pchilikning e’tiborini qozondi. Parij Olimpiadasida sport alpinizmi va skeytbording bo‘yicha 4 tadan, syorfing va breyk-dans bo‘yicha 2 tadan medallar komplekti o‘ynalishi tasdiqlandi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 10:01, 26.06.2019.
O'qildi: 11128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.