Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv 0-2 OKMK
14/05 22:30 Osasuna 1-1 Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ
16/05 01:00 Selta - Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe - Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis

Transfer olamidagi so‘nggi yangilikar

Transfer olamidagi so‘nggi yangilikar

Baho:
+ | -

Transfer bozoridagi shov-shuvli xabarlar ko‘payganidan ko‘paymoqda. Hozir e’tiboringizga kuning eng muhim transfer voqealari aks etgan maqolani taqdim etamiz.

«Roma» yulduzini olib qolmoqchi emas

«Roma» klubining italiyalik hujumchisi Stefan El Shaaravi jamoani tark etishga qaror qildi. Eng qizig‘I shundakib futbolchining keyingi manzili XItoy klubi sanaladigan «Shanxay Shenxua» jamoasi bo‘lishi kutilmoqda. «II Tempo» nashrining xabar berishicha , Chin yurti vakillari futbolchi uchun 18 million yevro taklif qilishmoqda. Bundan tashqari Xitoy klubi hujumchining maoshi borasida ham ajoyib taklif bildirgan.  Unga ko‘ra Stefan yiliga 13 million yevro maosh oladi. Bu uning hozirgi maoshidan 4 barobar ko‘proq degani.
Eslatib o‘tamiz, Stefan El Shaaravi yakunlangan mavsumda 28 bor maydonga tushdi va 11 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Bundan tashqari uning hisobida 6 ta golli uzatma ham mavjud.

«Real Madrid» futbolchisi APLga o‘tishga yaqin turibdi

«Qirollik klubi» futbolchisi sanaladigan Dani Sebalos faoliyatini APLda davom etirishi mumkin. «Le Gazzeta della sport» nashrining xabar berishicha, futbolchi uchun Londonning «Arsenal» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Emiri Sebalosni jamoani tark etishi kutilayotgan Torreyraning o‘rnini bosishini taxmin qilmoqda. Torreyra yangi mavsumni katta ehtimol bilan «A seriya» klublaridan birida boshlashi haqida bundan biroz avvalroq xabar bergan edik. 22 yoshli futbolchining o‘zi klubda qolishni istamoqda. «Real Madrid» jamoasi «Arsenal»ning taklifini atroflicha o‘ylab ko‘rish uchun biroz vaqt oldi.

Pepe «Liverpul»ga kerak emas

«Liverpul» klubi «Lill» jamoasi hujumchisi Nikolya Pepeni sotib olish niyyati yo‘q ekanligini rasman e’lon qildi. Bu ma’lumot internetda paydo bo‘lgach, futbolchining agenti bu xabarni o‘zi tarqatganini e’lon qildi. U shu yo‘sinda o‘z mijoziga bo‘lgan qiziqishni yanada ommalashtirmoqchi bo‘lgan deb xabar bermoqda «AC» nashri.
«Liverpul» klubi o‘z muxlislariga rasmiy bayonot bilan chiqdi va Ivuarlik futbolchi bilan «qizillar» umuman aloqa qilmaganini takidladi. So‘ngra klubning transfer oynasidagi asosiy maqsadi jamoani to‘liq tarkibda saqlab qolish ekanligini e’lon qildi.

«Yuventus» Pogbani qo‘lga kiritish uchun yashirin qurolni ishga solmoqchi!

Fransiyalik futbolchi «Adidas» brendining yuzi sanalishidan xabaringiz bor. Turin super klubi ham aynan shu brend bilan hamkorlik qilib kelmoqda. «Yuventus» Pogbaning transferi amalga oshishi uchun «Adidas» brendini ishga solmoqchi deya xabar bermoqda «Corriera della sport»
Hozircha «Adidas» qay yo‘sinda futbolchini «Yuve» tomonga og‘dirishga harakat qilishi nomalum, biroq «Keksa Seniora» hamkorining yordamidan umid qilmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

«Barselona» himoyachi izlamoqda

«Manchester Yunayted» klubi himoyachisi sanaladigan shvedsiyalik Lindelofning o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgan «Barselona» rad javobini oldi. Katoloniya klubi  De Ligtni qo‘lga kirita olmagach, bor e’tiborini Viktor Lindelofni qaratgan edi. «Qizil iblislar» esa  «Barsa»ning taklifini qat’iyan rad etdi va muzokarlar uchun hech qanday imkon qoldirmadi.
Eslatib o‘tamiz, Shvesiyalik himoyachisi 2017-yilda «Manchester Yunayted» safiga 35 million yevro evaziga «Benfika» klubidan o‘tgan edi.

«Lester» himoyachisi uchun kurash boshlanmoqda

«Tulkilar» himoyachisi Xarri Maguayer uchun kurash jiddiy tus olmoqda. Hozirda futbolchi uchun Manchester shahrining bir yo‘la ikki klubi kurash olib bormoqda. Ikki klub ham «Lester» klubiga himoyachi uchun 65 million funt taklif etishgan bo‘lsada, «tulkilar» o‘z o‘yinichisini 80 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas. Agarda bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, «Lester» himoyachining o‘rnini «Bernli» klubi futbolchisi sanaladigan Djeyms Tarkovski bilan to‘ldirmqochi. Agarda Maguayerning transferi amlaga oshadigan bo‘lsa, «Lester» darhol Tarkovskiyni o‘z safiga qo‘shib olish ishlarini boshlab yuboradi.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 22:16, 26.06.2019.
O'qildi: 11580 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.