Futbol olamida kelajagi porloq futbolchilar uchun kurash doimo qizg‘in kechgani hech kimga sir emas. Bugun aynan shunday qizg‘in kurashlarda raqiblarining og‘zidagi oshni ilib ketgan jamaolar haqida fikr yuritamiz.
Ronaldu «Arsenal»ga o‘tishga yaqin edi!
2003-yilda Krishtianu Ronalduning transferi borasida Sporting klubiga bir nechta takliflar kelib tushadi. Klub uchun ular orasida «Arsenal»niki qiziqroq tuyuladi va jamoa o‘z o‘yinchisini Londonga jo‘natadi. Arsen Venger o‘z intervyularidan birida Ronalduning «Arsenal» bazasiga kelganini va ular bilan biroz shug‘ullanganini kulib aytib bergan edi.
Voqealar rivoji «Arsenal» klubi foydasiga hal bo‘layotganini ko‘rgan Ser Alexs Fergusson o‘sha davrlardagi o‘z yordamchisi Karlos Keyrushni "Sporting" klubi bilan muzokarlarga jo‘natadi. Keyrush «Sporting» klubidagi obro‘sidan foydalangan holda Ronalduning oila a’zolari bilan uchrashadi va ularni maxsus samalyotda Manchester shahriga olib keladi. Buyog‘iga esa Fergusson Ronalduning onasini ko‘ndiradi va ularni shaharda olib qoladi. Bu ma’lumot ustida erkin surishtiruv olib borgan ingliz nashrlari shu kunlarda aynan shu mavzuda xujjatli film ham olish arafasida turishibdi!
Ushbu voqealarni xotirlagan Venger quyidagi so‘zlarni aytgan edi: “Biz Ronalduni qo‘lga kiritishga juda yaqin kelgan edik. U biz bilan uchrashib kelajak rejalarini ham bo‘lishgan edi. Afsuski, uning transferi uchun kurashga Fergusson qo‘shildi va uni ilib ketdi. Agar so‘zlarimga ishonmagan bo‘lsangiz, Ronaldudan so‘rang! U hammasini tasdiqlaydi
Suarez «Real Madrid»ga o‘tishi mumkin edi!
«Barselona» klubi tarixidagi eng kuchli hujumchilardan biri sanaladigan Luis Suarez o‘z vaqtida «Real Madrid» klubi sharafini himoya qilishi mumkin edi. Eng qizig‘I shundaki, futbolchi uchun «Liverpul» klubiga birinchi bo‘lib «Galaktikos» rasmiy taklif bilan chiqqan va uni qo‘lga kiritish uchun 80 million yevro taklif qilgan edi. Bundan tashqari, «Real Madrid» agarda muzokaralar davom etadigan bo‘lsa, futbolchi uchun juda qulay shartnoma taklif qilishlarini qo‘shib qo‘yadi. Suarez bu taklifni rad etadi. Sababi, u o‘z orzusidagi «Barselona» klubidan taklif kutayotgan edi. Oradan ko‘p o‘tmay Katoloniya klubi taklif bilan chiqadi va o‘sha kunning o‘zidayoq ijobiy javob oladi. Suarez «Real Madrid» taklif qilgan summadan kamroq maoshga qaramasdan “Barsa “ tarkibiga o‘tib ketadi.
O‘sha voqealarni eslab Suarez shunday degan edi :Meni Katoloniyaga chorlagan sevgilimga katta rahmat aytishim shart! Agarda uning menga bo‘lgan sevgisi va ishonchi bo‘lmaganida bormi? Men o‘ylab o‘tirmasdan «Real Madrid» klubiga o‘tib ketgan bo‘lar edim.
Kaka «Manchester Siti»da to‘p surishi mumkin edi
Bundan 10 yil avval «Man Siti»ning egalari yangi loyihani ishga tushirgan chog‘ida ilk harid qilingan futbolchilari Kaka bo‘lishini juda ishtashgan edi. O‘sha yili «Oltin To‘p»ni qo‘lga kiritgan braziliyalik futbolchi u qadar mashxur bo‘lmagan klubga o‘tishdan cho‘chigani uchun Sheyxlarning taklifiga rad javobini bergan ekan. Kakaning harakteriga qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q. Sababi, «Man Siti» o‘sha davlarda «Real Madrid» klubi taklif etgan shartnomadan bir necha barobar qulayroq va kattaroq maosh belgilangan bitimni Kakaga namoyish etishgan bo‘lsada, «Milan» futbolchisi hammasini rad etadi.
Keyinchalik futbolchi o‘z kariyerasining davomini katta pullar uchun havf ostiga qo‘yishni istamaganini izoh sifatida aytgan edi.