Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:00 Tottenhem 0-2 Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid 5-0 Alaves
15/05 01:00 Jirona 0-1 Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya 0-1 Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano 2-1 Granada
15/05 23:45 Brayton 1-2 Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted 3-2 Nyukasl
16/05 00:00 Reyms 1-0 Marsel
16/05 00:00 Nissa 1-2 PSJ
16/05 01:00 Selta 2-1 Atletik Bilbao
16/05 01:00 Xetafe 0-3 Atletiko
16/05 22:30 Las-Palmas - Betis
17/05 00:30 Almeriya - Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli

Valverdening so‘zlariga Messi javob qaytardi

Valverdening so‘zlariga Messi javob qaytardi

Baho:
+ | -1

Shu haftada «Barselona» klubi mutasaddilari jamoa bosh murabbiyi Ernesto Valverde ishtirokida matbuot anjumanini tashkil etdi. Unda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Anjuman davomida Neymar borasidagi savollar juda ko‘p yangragani uchun Katoliniya klubi ustozi Neymar borasidagi o‘z fikrlarini ochiqchasiga oshkor qildi. Uning bayonotidan so‘ng butun internet larzaga keldi va bu borada ko‘plab jurnalisltar Messining fikri bilan qiziqib qolishdi.  «Kopa Amerika» musobaqasi doirasidagi Argentina va Venesuela terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng tashkillashtirilgan matbuot anjumanida Messining Valverde bergan intervyusiga munosabati qanday ekanligini so‘rashdi. Mavzudan tashqari savol bo‘lsada, Messi javob berdi.

Hozir e’tiboringizga avvaliga Valverde, so‘ngra Messi tomonidan berilgan intervyularni havola etamiz.

Ernesto Valverde

O‘tgan mavsum «Barselona» uchun omadsiz o‘tdi. Agarda, biz chempionlikni qo‘lga kirita olmaganimizda bu so‘nggi yillardagi eng yomon mavsumga aylangan bo‘lar edi. Achinarlisi, Ispaniya kubogi g‘olibligiga bir qadam qolganida yiqildik. YCHL g‘olibligi ham deyarli qo‘limizda edi. Afsuski, eng muhim pallalarda ma’suliyat bilan vaziyatga yondasha olmadik va alamli mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldik. Men va shogirdlarim o‘sha uchrashuvlarni qayta ko‘rib chiqmadik. Uni qayta ko‘rishdan ma’ni yo‘q. Bizning o‘sha uchrashuvdagi xatolarimizni besh qo‘lingizdek sezib turibsiz. Yakunlangan mavsum biz uchun og‘ir o‘tdi va men shu joyda bu mavzuga nuqta qo‘ymoqchiman. Sababi, tinmay o‘tgan ishlar haqida so‘zlagim kelmayapti. Bunday qiladigan bo‘lsam, kelajakka bo‘lgan qiziqish keskin pasayib ketishi mumkin. Men hozir ish o‘rnimdan xursandman. Shunday yitiglarning ustozi ekanligimdan bag‘oyatda shodman. Kelayotgan mavsumda katta g‘alabalarga erishishdan umidvorman. Bu jamoaning muxlislari o‘ta talabchanligi bilan qolganlarnikidan farq qiladi. Bizning kuchsiz mavsum o‘tkazishga haqqimiz yo‘q.
Jamoaning transfer oynasidagi ishlari sizlar uchun sustdek ko‘rinayotgan bo‘lsada, aslida unday emas. Hozirda rahbarlar bu borada tinmay bosh qotirishmoqda. Umid qilamanki, bu bizga naf beradi.
Grizmanning kelishi istalgan klubni quvontirishi aniq. Shu jumladan bizni ham. Neymarning kelishi borasidagi savollarga javob berishni xush ko‘rmayman. Uning «Barselona»ga qaytishidan ma’ni yo‘qdek tuyulmoqda. To‘g‘risi,  buni men hal qilmayman, biroq Neymarning qaytishi jamoaning ishalarini birdan yurgizib yubormasligi aniq.

Leo Messi

Venisuelaga qarshi bahsdan so‘ng bizda jangovor kayfiyat hukmron. Qatarga qarshi o‘yindan so‘ng biz faqat g‘alaba qozonishga kelishib oldik. Yaxshiyam-ki, o‘yin biz istagan va kutgan reja bo‘yicha o‘tdi. Men Venisuela terma jamoasini bemalol Urugvay va Chili jamoalari bilan teng kuchli deya olaman. Ular bugungi uchrashuvda so‘nggi daqiqalarga qadar maydonda jang qilishdi.
Valverdening so‘zlarini eshitdim. To‘g‘risi, bu mavzuda so‘zlash uchun qulay joy bo‘lmasada, shuni aytishim mumkin-ki, Ernestoning Neymarga nisbatan noroziligi hech narsani o‘zgartirmaydi. Nega deysizmi? Sababi, ko‘pchilikning fikri doimo bir  insonning fikridan ustun kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Agarda Neymar ortga qaytsa, biz uni ochiq yuz bilan kutib olamiz. Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas!

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 09:51, 29.06.2019.
O'qildi: 15513 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.