Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazadi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda yig‘in o‘tkazadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Joriy yilning oktyabr oyida bo‘lishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik jarayonini boshlash maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 1-26 iyul kunlari yig‘in o‘tkazadi.

Mazkur yig‘in poytaxtimizda tashkil etiladi va mashg‘ulotlar kuniga 2 mahaldan “Bunyodkor” akademiyasi zalida olib boriladi. Terma jamoa o‘zagini shakllantirish hamda futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilar harakatlarini ko‘zdan kechirish maqsadida bosh murabbiy Bahodir Ahmedov ushbu yig‘inga 18 nafar futzalchini jalb etdi.  

Aslida yig‘inga 28 nafar futzalchi chaqirish rejalashtirilgan edi. Lekin 7-18 avgust kunlari Tailandda klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘tkazilishi va unda AGMK klubining ham ishtirok etishi inobatga olinib, AGMK klubi a’zolariga o‘z klubi safida qit’a birinchiligiga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyati taqdim etildi.

Yig‘inda ishtirok etadigan futzalchilar ro‘yxati: 

Darvozabonlar: Akmaljon Hazratqulov (“Paxtakor”), Ravshan Eliboyev (“Paxtakor”), Abbos Elmurodov (“Lokomotiv”), Islom Miraliyev (“Bunyodkor”).

Futzalchilar: Sunnatilla Jo‘rayev (“Nasaf”), Muhammad Zoirov (“Paxtakor”), Avaz Abduvaliyev (“Paxtakor”), Laziz Ubaydullayev (“Dinamo”), Botir Rizayev (“Maksam-CHirchiq”), Shoxzod Sa’diyev (“Dinamo”), Dilmurod Shavkatov (“Paxtakor”), Husan G‘aniyev (“Navbahor”), Ahmadxon Mamadaliyev (“Navbahor”), Isoxon Ibragimov (“Navbahor”), Dilmurod Jumayev (“So‘g‘diyona”), Davlat Ibragimov (“Dinamo”), Abdulla Solixov (“Lokomotiv”), Ravshan Ismatullayev (“Dinamo”).  

Yig‘in doirasida 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. 

Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 16:12, 29.06.2019.
O'qildi: 1946 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик