Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Leo Messi Braziliyaga qarshi uchrashuv oldidan nimalar dedi?

Leo Messi Braziliyaga qarshi uchrashuv oldidan nimalar dedi?

Baho:
+ | -

«Kopa Amerika» musobaqasi tobota o‘zining eng qizg‘in pallasiga yaqinlashib kelmoqda. Ko‘plab muxlislar kutganidek final uchrashuvida emas, yarim final bahslarida qit’aning ikki grand termalari to‘qnash keladi. Braziliya va Argentina uchrashuvi oldidan musobaqani yoritb borayotgan OAV Argentina terma jamoasi o‘yinchilarning finalga teng uchrashuv oldidan bildirgan fikrlari bilan qiziqshdi. Biz esa, uni o‘quvchilarimiz uchun tarjima qildik.

Armani

Braziliyaga qarshi bahs oldidan yigitlarda zarracha hayajon yo‘q. Biz chempion bo‘lish uchun kelganmiz. «Kopa Amerika»da g‘olib chiqish uchun esa, Braziliyani mag‘lubiyatga uchratishimiz shart!  Biz uchun qay yo‘sinda g‘alaba qozonishning sira ahamiyati yo‘q. Penaltilar seriyasidami yoki asosiy vaqtda-mo, asosiysi g‘alaba qozonib oldinga qadam tashlashimiz!.

Kun Aguero

Musobaqa startini yomon boshlagan bo‘lsakda, eng muhim palalarda o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonchimizni qaytara oldik. Musobaqada biz uchun birinchi raqamli raqib sanaladigan Braziliyaga qarshi bahs oldidan biron nima deyish juda mushkul. Nima bo‘lga taqdirda ham maydondagi bahs hammasini hal qiladi. Bizning mezbonlarga nisbatan mahsus rejamiz bor va biz to‘liq reja asosida harakat qilamiz. To‘g‘ri Braziliya anchagina kuchli tarkib bilan musobaqada ishtirok etmoqda, lekin bizning yigitlar ham ulardan qolishmaydi. O‘ylashimcha bu uchrashuvda birinchi bo‘lib gol urgan jamoada g‘alaba qozonish uchun imkoniyat kattaroq bo‘ladi. Biz o‘z xalqimiz uchun bu musobaqada g‘alaba qozonishimiz zarur! Bu sovrinni yurtimizga olib ketish niyatida kelganmiz.

Leonel Skaloni

Biz musobaqani qiyin boshlagan bo‘lsakda, uni muvaffaqiyatli davom ettirishni uddaladik. Oldinda bizni Braziliyaga qarshi turnirdagi eng muhim uchrahsuv kutib turibdi. Shu o‘rinda Messiga to‘xtalib o‘tsam. Uning maydonda o‘z vazifasi bor va u buni ajoyib uddalamoqda. Agarda uning kiyinish xonasida va o‘yindan oldin yigitlarga qanday ruhiy dalda bo‘layotganini bilganingizda edi, uni tanqid qilmagan bo‘lar edingiz. Shaxsan men uchun u jamoaning yuragi! Messi bu Messi ! U doimmo eng kuchli futbolchi bo‘lib qolaveradi!
Braziliyaga qarshi uchrashuv esa, tarkibimizdagi yosh futbolchilar uchun ulkan tajriba bo‘lib hizmat qiladi. Bunday uchrashuvni zahira maydonida turib tomoshaqilish juda mushkul. Nima bo‘lgan taqdirda ham biz Braziliyaning hujumlarini kesib qo‘yishga va iloji boricha raqibni to‘psiz qoldirishga urunib ko‘ramiz.  Agarda o‘z rejalarimizni to‘liq amalga oshira olsak, g‘alaba qozonish uchun imkoniyatimiz yetarlicha. Biz uchun guruh bosqichidagi uchrashuvlar yordamida yaxshigina qizishib oldik. Ular Paragvay bilan uchrashuvda qiyinchilik bilan galaba qozonishdi va katta kuch yo‘qotishdi.

Messi

To‘g‘risi, bu men ishtirok etgan «Kopa Amerika» musobaqalari orasida eng yomoni bo‘lmoqda. Qanchalar istasam ham ko‘nglimdagidek o‘yin namoyish eta olmayapman. Shunday bo‘lsada, g‘alaba qozondik va keyingi bosqich maslasini hal qildik.  
Bu musobaqada istalgan jamoa g‘olib bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lsada, chempionlik uchun biz katta qadam tashlashimiz zarur! Buning uchun bizda hamma imkoniyat mavjud. Tarkibimizdagi yigitlarning barchasi bilan do‘stona munosabatdamiz.
Musobaqaga keladigan bo‘lsak, maydonlarning xolati qo‘rqinchli ahvolda! Bunday maydonda to‘p huddi quyonga o‘xshab harakatlanadi. Uni tutib olishning o‘zi mushkul vazifa bo‘lib qolmoqda! Afsuski, bunday maydonga ko‘nikishimiz shart!
Musobaqada kim g‘olib chiqishini aytish qiyin. Braziliya va Argentinadan tashqari qolgan terma jamoalarda ham chempionlik uchun yaxshi imkon mavjud. Braziliya o‘z uyida o‘ynamoqda va muxlislari ko‘z o‘ngida bor kuchi bilan g‘alaba uchun jang qiladi. Shunga qaramasdan, biz ham bu musobaqada g‘olib chiqishni istaymiz. Nafaqat biz balki, butun mamlakat shuni kutmoqda. Ularni ancha kuttirib qo‘ydik. Har qanday xolatda ham g‘oliblik uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni amlaga oshiraman.

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 23:46, 29.06.2019.
O'qildi: 13971 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.