Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

«Kopa Amerika». Messi haqida Ronaldu nimalar dedi?

«Kopa Amerika». Messi haqida Ronaldu nimalar dedi?

Baho:
+ | -1

Bugun erta tongda bo‘lib o‘tgan «Braziliya» va «Argentina» terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda Messi qahramonlik ko‘rsata olmadi va ko‘pchilik tahmin qilganidek, bu safar ham terma jamoasi uchun hech nima yutib bera olmadi. Bugun ushbu uchrashuvdan so‘ng futbolchilar tomonida qanday fikrlar bildirilgani bilan qiziqdik.

Luis Suarez

Biz penaltilar seriyasidagi omadsizlik  evazigagina musobaqani tark etdik. Bu adolatdan emas. Nega deysizmi? Gap shundaki, hakamlar bizning gollarimizni inobatga olmadi va bizni ruhan sindirib tashladi. Bu esa, futbol lotereyasida o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmadi. Afsuski, musobaqani erta tark etdik.
Braziliya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni miriqib tomosha qildim. Hech qaysi terma jamoaga muxlislik qilmadim. Sababi, ikki jamoa tarkibida ham mening do‘stlarim to‘p suradi. Uchrashuvda Braziliya haqli ravishda g‘alaba qozondi desam, adashmagan bo‘laman. Ular maydonda uyushqoq harakatlanishdi va muxlislarning daldasi ham o‘z so‘zini aytmay qo‘ymadi. Afsuski, Messi uzoq kutilgan g‘oliblikni bu safar ham qo‘ldan boy berdi. Uning eng yaqin do‘sti bo‘lganim uchun shuni aytishim mumkin-ki, Messi uchun bu musobaqa o‘ta muhim edi. U qo‘lidan kelganini qildi, biroq Braziliya terma jamoasi bugun Messiga yarimta ham imkoniyat qoldirmadi. Shunday bo‘lsada, Messida hali yana imkoniyatlar bo‘ladi. U hali-xamon kuchga to‘la va yangi marralarni zabt etish uchun albatta kurashga qaytadi.

Hames Rodriges

To‘g‘risini aytsam, uchrashuvdan ko‘prog‘ini kutgan edim. Afsuski terma jamoalar o‘rtasidagi farq yaqqol ko‘rinib qoldi. Braziliya uchrashuvni to‘liq nazorat ostida ushlab turdi va xaqli ravishda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Messi bu mavsumda «Oltin To‘p»ni qo‘lga kiritish uchun eng so‘nggi imkonini ham boy berib qo‘ydi. Bu achinarli hol bo‘lib tuyulsada, uning hisobida 5 ta ana shunday sovrinning bor ekanligi kishini quvontiradi. Braziliya uchrashuvni sovuq boshladi  va oldindan o‘ylangan reja asosida o‘tkazdi. Qarabsizki, Tite Skaloneni taktik jangda yengib qo‘ydi. O‘ylashimcha musobaqaning ikkinchi finalchisi kim bo‘lishidan qatiiy nazar, finalda mezbonlar g‘olib chiqadi. Sababi ular musobaqadagi eng kuchli raqibni bugun uyiga kuzatib qo‘ydi!

Kavani

Bu uchrashuv final oldidan final edi desam, adashmagan bo‘laman. Tan olish zarur, hozirgi Braziliya so‘nggi yillardagilari orasida eng qudratlilaridan biri. Tite jamoaviy futbolni targ‘ib qilmoqda. Bunaqasi bu terma tarkibida kam uchraydi. Messining ishsiz qolib ketishi ortida maydon egalari tomonidan katta mehnat qilinganidan darak beradi. Ular haqli ravishda finalga yo‘l olishdi. Messi bu safar ham terma jamoasi uchun foyda keltira olmadi. Shunga qaramasdan, Leo yana ortga qaytishiga aminman. U ruhan juda kuchli inson!

Ronaldu

Bu mavsumdagi terma jamoalar o‘rtasidagi eng chiroyli va eng muhim uchrashuvni tomosha qilganimdan mamnunman. Bu janubiy Amerika klassikasi! Uchrashuvda Braziliya final uchun ko‘proq harakat qildi va o‘z maqsadiga yetdi. To‘g‘risi, Argentina uchun biroz alamli bo‘lgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘yinni qayta ko‘rib chiqish shart! Ularda muammolar shundoq ko‘rinib turibdi. Argentinada qarshi xujum deyarli ishlamadi. Boz ustiga, himoyalanishda ham pozision xatolar ko‘zga yaqol tashlanib  turibdi.  To‘g‘risi  Leonel uchun afsusdaman. U bu sovrinni yutishiga va xalqning mehrini qozonishga katta umid qilgan edi.
Agarda u katta marralarni zabt etishni istasa Messi o‘yinni ko‘proq o‘ziga olishi shart. U  kuchli futbolchi bo‘lsada, o‘yinni o‘ziga olishni istamayapti. Messi bor e’tiborini maydondagi yetkchiligiga qaratishi zarur. Unda bunday sovrinni yutish uchun vaqt yetarli. Agarda Messi xalqaro maydonda ham g‘olib chiqishni istasa, yetakchilikni to‘liq o‘z qoliga olishi kerak.

Manba: Bobordir.ru
Kiritildi: 10:35, 03.07.2019.
O'qildi: 24814 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.