Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

O‘zbekiston - Qirg‘iziston do‘stlik aloqalari futbolda ham rivoj topmoqda

O‘zbekiston - Qirg‘iziston do‘stlik aloqalari futbolda ham rivoj topmoqda

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor bundan roppa-rosa bir hafta muqaddam Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari uzoq yillar hamyurtimiz Ravshan Ermatov bilan birga jahon maydonlarida faoliyat olib borgan, ayni damda esa O‘sh shaxrining A.Mo‘minov nomidagi futbol maktabi direktori hisoblangan qirg‘izistonlik mashhur hakam Bahodir Qo‘chqorov taklifiga ko‘ra an’anaviy “Do‘stlik” kubogi xalqaro musobaqasiga tashrif buyurishgani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 2 iyul kuni Bahodir Qo‘chqorov boshchiligidagi Qirg‘iziston delegasiyasi Andijonga keldi. Mehmonlar dastlab Sho‘rbuloq dahasida joylashgan Andijon viloyat futbol akademiyasida bo‘lishdi va u yerda yaratilgan sharoitlar, mashg‘ulot jarayonlarini ko‘zdan kechirishdi. So‘ngra Bo‘ston dahasida joylashgan viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabiga tashrif buyurishdi. U yerda mehmonlarni karnay-surnay sadolari ostida keng jamoatchilik vakillari, murabbiylar va futbolchi yoshlar kutib olishdi. Ushbu tashrifning bevosita tashkilotchisi hisoblangan Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi direktori Farruh Mirzayev tantanali marosimda so‘z olib, har ikkala davlatning do‘stlik aloqalari yanada mustahkamlanayotgani va bundan keyin ham bunday hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish ishlari to‘xtab qolmasligini alohida ta’kidladi. O‘z navbatida taniqli hakam Bahodir Qo‘chqorov ham bunday mehmondo‘stlik uchun minnatdorchilik bildiri, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari barcha sohalarda bo‘lgani kabi futbolda ham rivoj topishi tarafdori ekanini aytdi.

Tadbir so‘nggida mehmonlarga Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. O‘z navbatida qirg‘izistonliklar ham o‘zlari bilan olib kelgan milliy sovg‘alarini topshirishdi.

Shundan so‘ng viloyat BO‘FM maydonida Qirg‘iziston respublikasining O‘sh oblasti futbol akademiyasi hamda Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi.

Futbol uchrashuvi yakunlangach Qirg‘iziston delegasiyasi a’zolari Andijon shahridagi diqqatga sazovor joylarga olib borildi. Ayniqsa, dunyoga mashhur Bog‘ishamol bog‘iga uyushtirilgan sayohat qirg‘izistonlik yosh futbolchilarning xotirasida bir umr saqlanib qoladigan bo‘ldi.

Shu o‘rinda ushbu do‘stlik rishtalarini tiklashda va uni yanada mustahkamlashda Andijon viloyat bolalar-o‘smirlar futbol maktabi direktori Farruh Mirzayev hamda O‘sh oblasti futbol akademiyasi direktori Bahodir Qo‘chkorovning mehnatlarini alohida qayd etish lozim. Umid qilamizki, ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar bundan keyin ham yanada rivoj topadi.

Baxtiyor Toshtemirov, Andijon 

Kiritildi: 18:45, 03.07.2019.
O'qildi: 2612 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.