Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

O‘zbekiston Liga Kubogi. «Qo‘qon-1912» «Lokomotiv»ga javobsiz 4ta gol urdi

O‘zbekiston Liga Kubogi. «Qo‘qon-1912» «Lokomotiv»ga javobsiz 4ta gol urdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston Liga kubogining 2-turidan o‘rin olgan “Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvni mezbonlar faol tarzda boshlashdi. 10-daqiqada Muhammadanas Hasanov bir necha raqiblarni ortda qoldirib, raqib darvozasi tomon yaqinlashdi. Biroq uni raqiblar qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi.

13-daqiqada “Qo‘qon-1912” futbolchilari hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi. Burchakdan oshirilgan to‘pni Javohir Esonqulov boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo‘lladi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda chiqib ketishdi.

Ikkinchi taymni ham maydon egalari shiddatli hujumlar ostida boshlashdi.

58-daqiqada jarima to‘pini tepish huquqiga ega bo‘lgan mezbonlar uni tezda o‘yinga kiritishdi va raqib darvozasini aniq nishonga olishdi. Gol muallifi Javohir Esonqulov bo‘ldi.

O‘yinning 86-daqiqasida mehmonlar o‘z jarima maydonchalari ichida Timur Usmonovni qo‘pollik bilan to‘xtatib qolishdi. Hakam “Loko” darvozasi tomon penalti belgiladi. Penaltini esa Quvondiq Ro‘ziyev aniq amalga oshirdi. Penaltini “Qo‘qon-1912” futbolchilari boshqacharoq tarzda amalga oshirishdi. Timur Hakimov to‘pni o‘ng tomonga oshirib berdi. Quvondiq Ro‘ziyev esa uni golga aylantirdi.

90-daqiqada Quvondiq Ro‘ziyev “Loko” darvozasiga to‘rtinchi golni kiritdi. Shu tariqa maydon egalari Liga kubogidagi ikkinchi uchrashuvda  4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi va keyingi bosqichga chiqish vazifasini muddatidan oldin hal etishdi.

 

Liga Kubogi

“V” guruhi

2-tur

“Qo‘qon-1912” – “Lokomotiv” – 4:0 (1:0)

Gollar: Javohir Esonqulov (13,58), Quvondiq Ro‘ziyev (86, 90).

“Qo‘qon-1912”: 25. Sarvar Karimov, 8. Muhammadanas Hasanov, 10. Quvondiq Ro‘ziyev, 11. Timur Hakimov, 13. Javohir Esonqulov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 15. Oybek Rustamov, 17. Bexruz Sadilloyev (99. Dilshod Baratov – 68), 20. Iqbol Malikjonov, 21. Timur Usmonov, 27. Jasur Yoqubov.

 “Lokomotiv”: 84. Hojiakbar Jo‘rayev, 14. Azizbek Amonov, 19. Avaz O‘lmasaliyev (43. Shoxrux Mo‘minqulov – 46), 25. Javohir Alijonov, 26. Dilshod Komilov, 52. Jaloliddin Jumaboyev, 56. Jamoliddin Bahromov, 75. Vladislav Fomin, 78. Umar Adhamzoda, 79. Asadbek Islomov, 81. Bek Abdullayev.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 20:09, 03.07.2019.
O'qildi: 4944 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.