Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

«Real»ning mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlashi aniq bo‘ldi

«Real»ning mavsumga tayyorgarlikni qachon boshlashi aniq bo‘ldi

Baho:
+ | -

Zayniddin Zidan boshchiligidagi «Real Madrid» 8 iyul sanasidan yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi. Ammo xalqaro musobaqa — Amerika kubogi va 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Yevropa chempionati tufayli ayrim futbolchilar yig‘inga kechroq qo‘shilashadi.

Jamoaning yangi xaridlari — Luka Yovich, Ferlan Mendi va Eden Azar "Qirollik klubi" safidagi dastlabki mashg‘ulotda ishtirok etishga tayyorlar. Klub dastlabki xorij yig‘inini 9 iyul kuni Kanadaning Monreal shahrida boshlaydi.

10 kunlik o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan keyin jamoa AQSHga yo‘l oladi. "Qirollik klubi" u yerda Xalqaro chempionlar kubogi doirasida 3ta uchrashuv o‘tkazadi: «Bavariya», «Arsenal» va «Atletiko»ga qarshi.

Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o‘tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa yarim finalda «Tottenxem» bilan to‘qnash kelsa, oradan 1 kun o‘tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o‘rin uchun o‘yin kutib turibdi.

"Qaymoqranglilar" 1 avgust kuni Madridga qaytib, mavsumning boshlanishiga tayyorgarlikni davom ettirishadi. Yangi mavsumga qadar klub yana bitta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Shuningdek, «Real Madrid» Myunxen shahrida o‘tkaziladigan Audi Cup musobaqasida ishtirok etadi. Jamoa yarim finalda «Tottenxem» bilan to‘qnash kelsa, oradan 1 kun o‘tib Zidan shogirdlarini final yoki 3-o‘rin uchun o‘yin kutib turibdi.

An’anaviy Santyago Bernabeu sovrini uchun o‘tkaziladigan o‘yin sanasiga hali oydinlik kiritilmadi. Boisi, stadionda ta’mirlash ishlari boshlab yuborilgan.

«Real»ning mavsumoldi o‘yinlari ro‘yxati:

12 iyul — Monrealda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini;
21 iyul — «Bavariya»ga qarshi o‘yin (Xyuston);
24 iyul — «Arsenal»ga qarshi o‘yin (Merilend);
27 iyul — «Atletiko»ga qarshi o‘yin (Nyu-Jersi);
30 iyul — «Tottenxem»ga qarshi o‘yin (Audio Cup, Myunxen);
31 iyul — final yoki 3-o‘rin uchun o‘yin (Audio Cup, Myunxen);

Manba: realmadrid.ru
Kiritildi: 12:00, 04.07.2019.
O'qildi: 4780 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик