Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Aleksandr Xomyakov: «Nasaf» ustidan qozonilgan g‘alaba «chuqur»dan chiqishimizga yordam beradi»

Aleksandr Xomyakov: «Nasaf» ustidan qozonilgan g‘alaba «chuqur»dan chiqishimizga yordam beradi»

Baho:
+ | -

Liga Kubogining 2-tur doirasidan o‘rin olgan “Andijon”-“Nasaf” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov ishtirok etdi.

-So‘nggi o‘yinlarda ko‘rsatgan o‘yinimiz, qolaversa, chempionatning so‘nggi turida imkoniyatni boy berganimiz jamoamizga salbiy ta’sir ko‘rsatgan edi. Yigitlar havotirlanishmoqda. Ular o‘z oldilariga qo‘yilgan maqsad singari qadam tashlashmoqda, lekin negadir o‘xshamayapti. Bugungi uchrashuvda mag‘lub bo‘lmaslik asosiy maqsadimiz edi. Yigitlarga 2-3 ta imkoniyatlar sodir bo‘ladi, mana shu vaziyatlardan unumli foydalanishimiz haqida uqtirdim. Futbolchilar ortga yo‘l yo‘qligini tushunib turishmoqda. Bugungi g‘alaba jamoamizni chuqurdan chiqish uchun yordam beradi. Bugun yigitlardan avvalo gol o‘tkazib yubormasliklarini talab qildim. O‘ylaymanki, ular talabimni bajarishdi. Qaytarib aytaman, g‘alabamiz hozircha yo‘q, lekin muxlislarimiz bizga ishonishini xohlayman. Hozirgi kundagi eng asosiy maqsadimiz – futbolchilarni stress holatidan olib chiqish. Shuni amalga oshirsak, hammasi joyiga tushib ketadi. Bugungi g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Futbolchilarimga rahmat aytaman. Stadionda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga alohida minnatdorchilik bildiraman.

- Keyingi tur “Navbahor” jamoasiga qarshi bo‘ladi. Bu “Vodiy derbisi”. Vodiyda derbi alohida ahamiyat kasb etadi. “Navbahor” jamoasiga qarshi ham aralash tarkib maydonga tushadimi yoki asosiy tarkibni maydonga tushirasizmi?

- Ko‘ramiz, futbolchilar “Navbahor” bilan o‘yinga tiklanish jarayoni qanday kecharkin. O‘yinga tayyor bo‘lgan futbolchilarni maydonga tushiraman. Hujumkor futbolni muxlislar yaxshi ko‘rishadi. Imkoniyatdan kelib chiqib hujumkor futbol futbol namoyish etishga harakat qilamiz. AGMKga ham qarshi o‘yinda hujumkor o‘yin namoyish etgandik, raqib ikki marta jazoladi bizni. O‘yinni himoyadan boshlash kerak. Shundagina maqsadga erishish mumkin. Uy qurayotganizda ham birinchi bo‘lib uyni tomini qurmaysizku, futbol ham shunday narsa.

- Davralar oralig‘ida tarkibda o‘zgarish bo‘ladimi?

- Albatta, hujumda oqsayapmiz. Eng kuchsiz chizig‘imiz hujum. Shu bois oldinda kreativ o‘yin namoyish etadigan futbolchilarni jalb qilamiz.

- Demak, faqat hujumchi olinar ekanda a?

- Yo‘q, nega? Hujumni faqat hujumchilar kuchaytirmaydi. Qanot yarim himoyachilar, markaziy yarim himoyachilar ham hujum uyushtirilishida katta hissa qo‘shishadi.

- Jamoadagi o‘zgarish necha foizni tashkil etadi?

- Hozir menga bu haqda nimadir deyish qiyin. Ochiq aytaman: klub rahbariyati bilan bu haqda maslahatlashamiz. Sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib borishga kech qoldik deb o‘ylayman. Shu bois, foiz hisobida aytishim qiyin.

- “Nasaf” jamoasida sport direktori bo‘lib ishlagan Nikolay Minchev “Andijon” jamoasiga keldi. Uning kelishi Sizga qanchalar yordam beradi?

- Bilishimcha, bu haqda gapirishga hali erta. Hali u bizda ish boshlagani yo‘q. Keling bu savolga javob berishni keyinroqqa qoldiramiz. U menga qanchalik yordam bera oladi? U menga emas, klubga yordam berish uchun kelmoqda. Uning asosiy vazifasi – klubni rivojlantirish.

Kiritildi: 20:04, 04.07.2019.
O'qildi: 2271 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.