Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:00 Strasbur 2-1 Mets
13/05 00:00 Klermon 0-1 Lion
13/05 00:00 Nant 1-2 Lill
13/05 00:00 Monpelye 0-2 Monako
13/05 00:00 PSJ 1-3 Tuluza
13/05 00:00 Renn 1-1 Lans
13/05 00:00 Marsel 3-1 Loryan
13/05 00:00 Betis 3-2 Almeriya
13/05 19:00 Surxon 1-1 Dinamo
13/05 19:00 Nasaf 0-0 Bunyodkor
13/05 21:30 Lechche 0-2 Udineze
13/05 23:45 Fiorentina 2-1 Monsa
14/05 00:00 Aston Villa 3-3 Liverpul
14/05 00:00 Barselona 2-0 Real Sosyedad
14/05 19:00 Lokomotiv - OKMK
14/05 22:30 Osasuna - Malyorka
15/05 00:00 Tottenhem - Manchester Siti
15/05 00:30 Real Madrid - Alaves
15/05 01:00 Jirona - Vilyarreal
15/05 22:30 Sevilya - Kadis
15/05 22:30 Rayo Valyekano - Granada
15/05 23:45 Brayton - Chelsi
16/05 00:00 Man. Yunayted - Nyukasl
16/05 00:00 Reyms - Marsel
16/05 00:00 Nissa - PSJ

Messi «Kopa Amerika»ni keskin tanqid qildi

Messi «Kopa Amerika»ni keskin tanqid qildi

Baho:
+ | -

Bugun o‘z yakuniga yetgan «Kopa Amerika» musobaqasi maydon egalarining chempionlikni qo‘lga kiritgani bilan tarixda qoladigan bo‘ldi. Final uchrashuvidan so‘ng bir nechta turnir qatnashchilari tomonidan berilgan intervyularni sizlar uchun tarjima qildik.

Arturo Vidal

Menga final o‘yini manzur keldi. Tan olish lozim, Peru hurmatga loyiq uchrashuv o‘tkazdi va o‘zining bor imkoniyatlarini maydonda namoyish etdi. Braziliya bu uchrashuv oldidan fovorit edi va raqibini guruh bosqichida ham mag‘lubiyatga uchratgan edi. Shunday bo‘lsada, kecha biz boshqa Peruni ko‘rdik. Ularning o‘yinlarini Argentina terma jamoasiniki bilan bir xil darajda bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. Ularga biroz omad yetishmadi. Braziliya termasini uzoq kutlgan sovrin bilan tabriklasak bo‘ladi. Ular bu chempionlikka yuz foiz haqli o‘yin ko‘rsatishdi.

Mauro Ikardi

Men Argentina finalga chiqa olmagindan afsusdaman. Yigitlar yomon o‘yin ko‘rsatishmagan bo‘lsada, omad raqib tomonida bo‘ldi. Braziliyaning o‘z maydonlarida o‘tgan musobaqada g‘olib bo‘lgani hayratlanarli xolat emas. Chili va Uruvay bilan to‘qnash kelishmagan bo‘lsa, Argentinadan qiyinchilik bilan o‘tishdi. Finalda ular bilan to‘qnash keladigan kuchli raqibning o‘zi qolmagan edi. Shunday bo‘lsada, Peruda ham bir nechta imkoniyatlar bo‘lgan bo‘lsada, ular Braziliya darajasiga chiqishlari uchun ancha muddat talab etiladi. Ular Neymarsiz ham natija ko‘rsata olishdi. Agarda u musobaqada ishtirok etganida hisob naqadar yiirik bo‘lishini bir tahmin qilib ko‘ring.

Marselo

Meni bu musobaqada ishtirok etish uchun chorlashmaganidan xafa bo‘lganim rost. Nima ham derdim, murabbiylarning qarori bu va men buni o‘zgartira olmayman. Endi o‘z ustimda ishlashda davom etaman. Men o‘z terma jamoam uchun xursandman. O‘z maydoningda kechayotgan musobaqada ishtirok etish va unda g‘olib chiqib muxlislarni ko‘nglini olish juda yoqimli xolat. Tan olish lozim, bu chempionlik yo‘li juda og‘ir qadamlar bilan bosib o‘tildi. Men Argentina bilan o‘yinni yurak hovuchlab o‘tkazdim. Yaxshiyam-ki, omad biz tomonda bo‘ldi.
Peru terma jamoasi bu musobaqada «qora ot» misolida ishtirok etdi va Urugvay, Chili singari kuchli terma jamoalarni musobaqadan chiqarib yubordi. Ular bunga xaqli edilar!

Messi

Oldin aytganimdek, musobaqa Braziliya chempion bo‘lishi uchun tashkillashtirilgan. Peru termasi ajoyib o‘yin namoyish etdi va Braziliyaga ko‘plab muommolar tug‘diridi. Braziliya foydasiga qo‘yilgan penalti hammasini o‘zgartirib yubordi va ular chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Bu men ishtirok etgan eng yomon musobaqa! Maydonlarning xolati va chimi futbol o‘ynash uchun juda noqulay edi. Har bir uchrashuvdagi hakamlik ko‘plab savollarni keltirib chiqardi.Quvonarlisi shundaki, bu musobaqa o‘z yakuniga yetdi va endi bunday sharoitda boshqa to‘p surmaymiz. Oradan yillar o‘tsada, bu «Kopa Amerika» musobaqasi tarixidagi eng yomoni sifatida ko‘p bor eslanadi.

 

Manba: Foot Bazza
Kiritildi: 10:32, 08.07.2019.
O'qildi: 7295 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.