Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

«Bunyodkor» Belorus klubini yengdi

«Bunyodkor» Belorus klubini yengdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Kecha "Bunyodkor" yig‘in doirasidagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Aytish kerak, ertalabki mashg‘ulotlar bilan boshlandi.

Aniqrog‘i, futbolchilar «trenajer zali»da jismoniy yuklamalar olishdi. Garchi 5 soatdan keyin o‘rtoqlik o‘yini bo‘lsa-da, murabbiylar shtabi o‘yinchilarga jismoniy yuklamalar berishdan cho‘chishmadi. Ahamiyatlisi, nonushtadan keyin o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda jismoniy yuklamalar olgan yigitlarimiz tushlikdan so‘ng bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik o‘yinida raqibga hech qaysi jihatdan yutqazgani yo‘q. Aksincha, uchrashuvning aksar qismida mezbonlarga nisbatan faol va mazmunli o‘tkazishdi. O‘yinni tashkil qilish borasida «Smolevichi»dan ustunligimiz ko‘rindi. Shunchaki, Belorus chempionatining 1-ligasida peshqadamlik qilayotgan maydon egalari o‘z uyida yutqazishni xohlamagani sababli 90 daqiqa maydonda faollik ko‘rsatdi. Ta’kidlaganimizdek, sifat borasida bizning yigitlar ustunlik qilishdi.

O‘yin taqdirini birgina gol hal qildi. Ikkinchi bo‘limda chap qanotdan tashkil qilingan hujum havodan amalga oshirilgan to‘p uzatish orqali o‘ng qanotga ko‘chdi. To‘pni qabul qilib olgan Dilshod Ahmadaliyev bir harakat bilan himoyachini chetga «surib qo‘yib», ikkinchi harakatda darvozani yerlatib nishonga oldi. Vadim Abramov ikkinchi qirq besh daqiqalikda tarkibni deyarli o‘zgartirdi. Mezbonlar esa, birinchi bo‘limning o‘zidan keyinoq tarkibni yangilashdi.

O‘RTOQLIK UCHRASHUVI

SMOLEVICHI – BUNYODKOR – 0:1 (0:0)

«Smolevichi»: Aleksey Chernix, Ivan Vasilenok, Eduard Jevrenov, Igor Zayas, Vladislav Muhamedov, Aleksandr Krasnov, Dmitriy Shegrikovich, Anatoliy Makarov, Artyom Fedyanin, Dmitriy Gomza, Yevgeniy Barsukov.

«Bunyodkor»: Murodjon Zuhurov (Abdumavlon Abdujalilov, 46), Dilshod Ahmadaliyev (Muhammadodil Qahramonov, 72), Anvar G‘ofurov (Ulug‘bek Abdullayev, 78), Abdulla Abdullayev, Sanjar Qodirqulov, Lutfulla To‘rayev, Xurshid G‘iyosov (Valeriy Akopov, 72), Suhrob Izzatov (Boburbek Farhodov, 72), Nurillo To‘xtasinov (Javohir Qahramonov, 62), Jasurbek Jaloliddinov (Sanjar Rixsiboyev, 46), Vladislav Nuriyev (Mirjahon Mirahmadov, 46; Farrux Ikromov, 83).

Gol: Dilshod Ahmadaliyev, 64 – 0:1.

Manba: www.bunyodkor.com
Kiritildi: 18:34, 14.07.2019.
O'qildi: 2550 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик