Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna 1-1 Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus 1-1 Lechche
03/01 22:30 Elche 1-3 Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut 2-3 Arsenal
04/01 00:45 Atalanta 1-0 Roma
04/01 01:00 Espanyol 0-2 Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi
05/01 00:45 Inter - Bolonya
05/01 01:00 Real Sosyedad - Atletiko

Ikki federasiya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot berdi

Ikki federasiya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ayni paytda Tokio Olimpiadasiga katta hajmda ishlar amalga oshirilayotgan sir emas. Bu borada Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorligida ishlab chiqilgan qator dasturlar bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Unga ko‘ra, yurtimizda faoliyat olib borayotgan Olimpiya o‘yinlari dasturidagi har bir federasiya Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobot topshiradi. Bugun MOQda ana shunday hisobotlardan biri o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston “ROWING & CANOE” hamda suv sporti federasiyalarining ishi ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilishni MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov olib bordi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Oybek Kasimov, MOQ vise-prezidentlari Saken Polatov va Aziz Kamilov, shuningdek, qo‘mitaning boshqa xodimlari, barcha federasiyalarning mutasaddi rahbarlari va OAV vakillari ham ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joiz, ushbu yig‘ilish tanqidiy ruhda o‘tkazildi. Hisobot uchun dastlab ushbu ikki federasiya tanlab olingani ham bejiz emas. Zero, mazkur sport turlari Olimpiya o‘yinlarida eng ko‘p medal o‘ynaladigan yo‘nalishlarni qamrab oladi. Biroq bu bo‘yicha olib borilayotgan tayyorgarlik ishlari u qadar ham ko‘ngildagidek emas. R.SHoabdurahmonov bunga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Hozirgi kunda biz uchun eng dolzarb masala Tokio Olimpiadasi va unga tayyorgarlik. Shu asosda sport federasiyalari va mashg‘ulotlar jarayonini yanada kuchaytirish kerak. Yaxshi natijaga erishish uchun biz jon kuydirib ishlashimiz, oldimizda turgan barcha muammolarni hal qilmog‘imiz lozim. Shuningdek, sport tibbiyoti va farmakologiyasi bo‘yicha dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan hamkorlik ishlarini ham yo‘lga qo‘yishimiz talab etiladi. Barcha federasiya va assosiasiyalar diqqatiga, taqvimdagi lisenzion va reyting ochko beradigan musobaqalar hamda ulardagi muvaffaqiyatli ishtirokimizni nazorat qilish kerak. Atletlarimizning yuqori natija qayd etishida faxriylarimizning ham yordami as qotadi. Ulardagi boy tajribadan foydalanib qolaylik. Har bir federasiyaga faxriylar to‘liq biriktirilsin va ular imkoniyati darajasida terma jamoa bilan ishlashsin”, – dedi Rustam Shoabdurahmonov.

Yig‘ilishda dastlab O‘zbekiston “rowing & canoe” federasiyasining hisoboti tinglandi. Hisobotni federasiya Bosh kotibi Vyacheslav Didrix o‘qib eshittirdi. Unda V.Didrix sportchilarimizning yil boshidan beri nufuzli xalqaro musobaqalarda qayd etib kelayotgan natijalarini, bu yilgi jahon chempionatiga olib borilayotgan tayyorgarlik, Tokio Olimpiadasi uchun ko‘zlanayotgan yo‘llanmalar va medal bo‘yicha tahliliy taqdimot qilib berdi. Shuningdek, suv sporti turlari federasiyasi Bosh kotibi Alisher G‘aniyev ham xuddi shu asosda tayyorlab kelgan taqdimotini namoyish qildi.

Yig‘ilish davomida har ikki federasiyaning faoliyatiga tanqidiy baho berilib, oldinda qilinishi kerak bo‘lgan ishlar va chora-tadbirlar bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi. Shuning bilan yig‘ilish o‘z ishini yakunladi. Federasiyalarning kelgusi hisoboti yana 2 haftadan so‘ng o‘tkaziladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 20:54, 15.07.2019.
O'qildi: 1420 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.