Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Futbol — halollik joyi bo‘lishi kerak

Futbol — halollik joyi bo‘lishi kerak

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov O‘zbekiston futboliga rahbar etib saylanganidan xabaringiz bor. Aslida futbol tepasiga katta lavozimdagi odamlarning kelishi katta yangilik emas, hamma gap o‘sha odam aslida kim ekani, futbolni qanchalik tushunishi va rivojlantirishni xohlashida.

Xursand qiladigan jihati shundaki, O‘FAning yangi Prezidenti futboldan unchalik ham uzoq emas — aytishlaricha, u 2008-2009 yillarda O‘zbekiston futbol federasiyasi vise-prezidenti bo‘lib ishlagan, «Mash’al» klubi prezidenti bo‘lgan.

Azizovning bugungi bayonoti futbolni ancha teran tushunishi, futbolimizni yillar davomida xuddi kalamushdek kemirgan totalizator, kelishilgan o‘yinlar, hakamlarni sotvolish, ularga bosim o‘tkazish, futbolchilar transferi ortidan otning kallasidan otkat olish, bolalar futboli va shunga o‘xshagan qanchadan-qancha muammolardan xabardor ekanini ko‘rsatdi. Eng yoqqan iborasi shu bo‘ldi: «Futbol — halolik joyi bo‘lishi kerak!» Biz esa futbolimizda shuncha yil halollik bo‘lmagani uchun ham shu holatdamiz.

Yana bir gap. Agar Abdusalom Azizov futbolda kelishilgan o‘yinlar va totalizatorlarni yo‘qotishga astoydil kirishsa, yo‘qota olishiga hech kimda shubha yo‘q. Buning uchun unda barcha narsa bor. Faqatgina astoydil, qat’iyat bilan kirishilsa, bas.

P.S: Abdusalom Azizovni yaqindan tanigan va birga ishlagan odamlar uning halol, mehnatkash, bir so‘zli va qat’iyatli inson ekanini aytishadi. Umid qilamiz va ishonamizki, undagi ana shu xislatlar endi o‘zbek futboli uchun ham naf keltiradi.

Manba: Қўшни маҳалла телеграм канали
Kiritildi: 10:35, 16.07.2019.
O'qildi: 2506 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик