Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu rukndagi so‘nggi ma’lumotlar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Barselona» «Tottenhem»ga taklif tayyorlayapti

Londonning «Tottenhem» klubi qanot himoyachisi Deni Rouz o‘z kariyerasini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. 29 yoshlik futbolchining hizmatlari bilan shaxsan «Barselona» jamoasi qiziqmoqda. Gap shundaki, Kataloniya super klubi Jordi Albaning o‘yini pasayib ketgani bois uning o‘rnini bosuvchi arzonroq futbolchi izlashmoqda. Hozirda Rouz va «Tottenhem»ning aloqalari yomonlashgan bo‘lib futbolchining o‘zi uni sotib yuborishlarini talab qilmoqda. Aynan shu janjalli vaziyatdan «Barsa» unumli foydalanish maqsadida «shporlar»ga futbolchi uchun 20 million yevro taklif qilmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Deni Rouz uchun «Manchester Yunayted» va «PSJ» jamoalari ham kurash olib borishmoqda.

Malkom uchun yana bir da’vogar

“«Barselona» jamoasining braziliyalik futbolchisi Malkim shu transfer oynasi yopilishidan avval jamoani tark etmoqchi”, - deb xabar bermoqda «TMW» nashri. Futbolchi uchun «Arsenal» va «Everton» klublari da’vogarlik qilishayotgan edi. Endilkda ularning safiga «Napoli» klubi ham qo‘shildi.
«Barsa» o‘z futbolchisini 42 million yevroga harid qilgan bo‘lsada, uni 60 milliondan kamiga sotmoqchi emas. “ «Napoli» Malkom uchun 50 million yevro taklif bilan chiqqan”, - deb xabar tarqatmoqda yuqorida nomi keltirilgan manba

«Manchester Yunayted» o‘zgacha yurish qilmoqchi

Turinning «Yuventus» klubining yangi futbolchisi Merix Demeral o‘z faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Transfer oynasi ochilishi bilan «Sassuola» jamoasidan 18 millionga harid qilingan himoyachi zahirada o‘tirishni istamayapti. Jamoaga De Ligtning kelishi uning asosiy tarkibda to‘p surish imkoniyatlarini keskin kamaytirib yuborishi mumkin.
Futbolchining o‘zi uni ijaraga bo‘lsada qo‘yib yuborishlarini iltimos qildi. 21 yoshlik turkiyalik futbolchining hizmatlari bilan”Manchester Yunated” klubi qiziqib qolgan. Ingliz klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olishni maqsad qilgan. «Yuventus» klubi jamoa murabbiyi Sarrining qarorini kutmoqda. Agarda Demeral Sarrining rejasida bo‘lmasa, «keksa seniora» uni «Manchester Yunayted»ga qo‘yib yuboradi.

«Liverpul» va «Man Siti» darvozabon uchun kurashadi

Turkiyaning «Fenerbahche» jamoasi darvozaboni Berke Ozer o‘z faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Mashxur «Goal» nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra yosh darvozabon uchun bir nechta top klublar kurashga qo‘shilgan. Ular orasida «Liverpul» va «Manchester Siti» jamoalari ham mavjud. Futbolchini tarbiyalagan akademiya so‘nggi yillarda yevropa funtboliga Chengiz Under (Roma), Chaglar Suyundju (Lester) kabi iqtidorli futbolchilarni yetkazib bergani bilan mashhur bo‘lib ketdi. Futbolchining transeri 10 million yevro atrofida baholanmoqda.

Unay Emiri Koselni borasida bayonot berdi

Fransiyalik futbolchi mavsum oldi mashg‘ulotlarda qatnashishdan bosh tortganidan xabaringiz bor. Futbolchi shu yo‘sinda boshqa klubga o‘tishni istayotganini bildirdi. «Arsenal» jamoasi rahbarlari klub sardorining qarorini hurmat qilishlarini e’lon qilishdi va tez orada uni arzonroq narxda sotib yuborishlarini e’lon qildi.
Aynan shu mavzuda jamoa Unay Emiri klub rasmiy saytiga intervyu berdi : « Biz yakunlangan mavsumda 3 ta kuchli va tajribali futbolchimizdan ayrildik. Remzi va Koselni boshqa jamoalarga o‘tishni istagan bo‘lsa, Chex o‘z faoliyatini yakunladi. Endi biz yangi mavsum oldidan kim sardor bo‘lishini belgilab olishimiz zarur. Shaxsan men klub tarbiyasini olgan mahalliy futbolchining sardor bo‘lishini istayapman. U bu klubning urf – odatlarini bilishi va uni hurmat qilishi lozim. Agarda Remziy bizni tark etmaganida uni jamoa sardori etib tayinlagan bo‘lar edim. Endi shu mavzuda bosh qotiramiz. Bizni tark etgan yigitlar chinakam sardorlar edi.»

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:32, 19.07.2019.
O'qildi: 12719 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.