Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Uch nafar karatechimiz Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

Uch nafar karatechimiz Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi

Baho:
+ | -

Poytaxtimizda karate bo‘yicha Osiyo chempionati o‘zining qizg‘in pallasiga kirmoqda. Biroz avval kumite bo‘yicha yakkalik bellashuvlarida barcha final janglari o‘tkazildi.

Quvonarlisi, oltin medal uchun tatamiga chiqqan to‘rt vakilimizdan uch nafari qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi. Finalchilarimizdan Bahriniso Babayeva (-50 kg), Sadriddin Saymatov (-60 kg) hamda Nodira Jumaniyozova (-68 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova (-55 kg) kumush medal bilan taqdirlandi. Shuningdek, Mohlaroyim Hakimjonova (+68 kg) hamda Javohirbek Abdusattorov (-55 kg) shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

Shu tariqa terma jamoamiz vakillari kumite bahslarini 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Bugun shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimiz Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham jamg‘arishdi. Ertaga jamoaviy yo‘nalishdagi janglar o‘tkaziladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 16:58, 20.07.2019.
O'qildi: 2282 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик