Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 18:00 Qizilqum 1-1 Neftchi
06/05 21:00 Salernitana 1-2 Atalanta
06/05 23:45 Udineze 1-1 Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Transfer olamidagi so‘nggi yangiliklar

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Ushbu rukndagi yangiliklar bilan tanishing

«PSJ» Sergey Milenkovich – Savich borasida taklif jo‘natdi

Parij super klubi hozirgacha maydon markazini kuchaytira oladigan futbolchi izlashda davom etmoqda. Endilikda jamoaning nishonida «Lasio» klubi markaziy yarim himoyachisi SergeyMilenkovich – Savich turibdi.

Bundan avvalroq futbolchi uchun «Manchester Yunayted» kurashayotganini va «burgutlar»ga uning hizmatlari uchun 80 million yevro taklif qilingani haqida xabar bergan edik. «Lasio» o‘z yulduzini 95 milliondan kamiga sotmoqchi emasligi bois bu transfer amalga oshmay qoldi. Endilikda «PSJ» futbolchini qo‘lga kiritish uchun rasmiy taklif jo‘natdi va muzokaralar boshlandi. «Manchester Yunayted» katta ehtimol bilan o‘z transfer nishonini boy beradigandek  ko‘rinmoqda.

«Tottenhem» argentinalik futbolchini sotib olmoqchi

“Lodonning «Tottenhem» klubi Ispaniyaning «Betis» klubi yarim himoyachisi Lo Chelso bilan qiziqib qoldi” deb xabar tarqatmoqda «The Sun» nashri.
Ma’lumotlarga qaraganda shaxsan Pochetinoning o‘zi vatandoshini klubda ko‘rishni istamoqda. «Betis» o‘z futbolchisini tarkibda ushlab qolishga katta kuch bilan harakat qilishsada, Lo Chelsoning shartnomasidagi «futbolchi istagan paytda klub uni qo‘yib yuborish shart»i bor ekanligi katta rol o‘ynashi mumkin. Futbolchining o‘zi esa «Tottenhem» klubi safiga o‘tishni juda istamoqda. Agarda bu transfer amalga oshadigan bo‘lsa, Ispaniya klubi 68 million yevro pul ishlab olishi mumkin.

«Arsenal» iqtidorlarga e’tibor qaratmoqda

Turinning «Yuventus» klubi hujumchisi Moyze Kin o‘z faoliyatini APL da davom ettirishi mumkin. Iguainning ortga qaytishi Moyze Kinning ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lumotlarga qaraganda, Moyze Kinning transfer qiymati 25 million yevroni tashkil etmoqda. «Arsenal»dan tashqari bu futbolchi uchun «Everton», «Barselona» va «Seviliya» klublari ham kurash olib borishmoqda. Futbolchining agenti esa, uni asosiy tarkibda joy naqd bo‘lgan klubda o‘ynashini istamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi yakunlangan mavsumda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 6 bor darvozalarni ishg‘ol qildi.

Fransiyalik futbolchi uchun 5 ta klub da’vogar

«Yuventus» klubi yarim himoyachsi Matiudi tez orada o‘z klubini almashtirishi mumkin.
«32 yoshli  futbolchining hizmatlariga bir yo‘la 5 ta klub qiziqib qoldi», -  deb xabar tarqatmoqda «Goal» nashri. Bu klublar ichida «Monako», «Everton», «PSJ», «Manchester Yunayted», «Lion» singari grandlar mavjud. 32 yoshlik futbolchining o‘zi klubini almashtirishni istamoqda. Gap shundaki, fransiyalik futbolchi yangi mavsumda asosiy tarkibdan tushib qolishidan cho‘chimoqda. «Yuventus» va futbolchi o‘rtasidagi shartnoma keyingi yilning yozida o‘z yakuniga yetadi. Aynan shu omil tufayli «keksa seniora» o‘z futbolchisini sotib yubormoqchi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Diyego Simione Grizmanni oqladi

«Atletiko Madrid» klubi ustozi Diyego Simione Grizman borasida intervyu berishdan qochib yurgan edi. Nihoyat bugun u o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Klub rasmiy saytiga intervyu bergan murabbiy quyidagi so‘zlarni aytdi: “Men Antuan bilan ko‘p muloqot qilaman. Grizman o‘z faoliyatidagi muhim qadamlardan birini tashladi va «Barselona» singari buyuk jamoaga o‘tdi. Men uning har qanday qarorini hurmat qilaman. Ko‘pincha futbolchilar boshqa klubga o‘tishsa, sobiq murabbiylari hafa bo‘lib qolishadi, ammo men bundaylar sirasiga kirmayman. So‘nggi 5 yil ichida biz bilan birga bo‘lgan Antuan futbolchi sifatida o‘sishga erishdi.
U bizning jamoaga yangi kelgan chog‘larda qanotda to‘p surar edi. Unga markazga o‘tishni maslahat berdim va u bu pozisiyada katta o‘sishga erishdi. Aynan shu masalahatimni to‘g‘ri tushungan Grizman yangi darajaga ko‘tarilishni uddaladi. Bu meni eng baxtiyor murabbiyga aylantiradi desam, adashmagan bo‘laman.
Men uni juda yaxshi ko‘raman. Uning oilasi bilan ham aloqalarim fantastik darajada. Agarda, u bizning klubda erishgan yutuqlari ritmini ushlab qolsa, dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lib yetishishi mumkin.”

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 18:55, 20.07.2019.
O'qildi: 17944 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.