Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Botirali Ergashev – «Dinamo»ning 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi

Botirali Ergashev – «Dinamo»ning 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi

Baho:
+ | -

«Dinamo» klubi rasmiy sayti va «Telegram»dagi rasmiy sahifasida muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga binoan, jamoa posboni Botirali Ergashev Superliga birinchi davrasida samarqandliklarning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi.

Davralar oralig‘ida o‘tkazilgan so‘rovnomada jami 1680 nafar muxlis ishtirok etib, Botirali Ergashev umumiy 54 % ovoz (908 kishi) bilan eng yaxshi natijani qayd etdi va “Dinamo” jamoasining 1-davradagi eng yaxshi futbolchisi” nomiga loyiq ko‘rildi. Qayd etish joiz, 24 yoshni qarshi olgan darvozabon Superliga 1-davrasida 12 o‘yinda maydonga tushib, qator seyvlarni amalga oshirdi, jumladan “Dinamo” darvozasi tomon belgilangan 3 ta penaltidan 2 tasini qaytarishga muyassar bo‘ldi. Bu Superligada penalti qaytarish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichdir.

So‘rovnomada Ergashevdan keyingi o‘rinni ikki futbolchi – Jasur Azimov va Qadamboy Nurmatov band etishdi. Superligada 13 o‘yinda maydonga tushgan ikki futbolchi ham bir xil – 13 % ovozdan to‘plashdi. Jasur himoyachi bo‘lishiga qaramay, Superligada 2 ta gol urgan bo‘lsa, Qadamboy Superligadagi 5 ta goli bilan “Dinamo”ning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Chempionat kashfiyotlaridan biri sifatida tilga olingan Shohruh Abdurahmonov 8 foiz (183 ta) ovoz bilan 3-o‘rinda qayd etildi. Yosh yarimhimoyachi Superligada ikki marta o‘z nomini tabloga yozib qo‘ydi.

Shuningdek, Superligadagi barcha 13 o‘yinda to‘liq to‘p surib, 2 ta gol muallifi bo‘lgan himoyachi Mirkomil Lokayev 7 foiz (111 ta) ovoz olgan bo‘lsa, “Dinamo” jamoasi “pleymekeri”, 6 marta golli uzatma amalga oshirgan va 1 ta gol urgan Sardor Eminov 5 foiz (82 ta) ovoz olib, beshlikdan joy olgan.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 19:17, 23.07.2019.
O'qildi: 2331 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.