Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

AGMK yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi

AGMK yangi futbolchilarini ommaga tanishtirdi

Baho:
+ | -

AGMK futbol klubi rahbariyati bugun jamoaga yangi kelib qo‘shilgan futbolchilarga o‘z raqamlari tushirilgan liboslarni taqdim etdi.

Jamoamiz safini to‘ldirgan tayanch yarim himoyachisi Erkin Baydullayev, gruziyalik hujumkor vinger Elguja Grigalashvili, belaruslik himoyachi Vladislav Kasminin hamda chernogoriyalik mudofaa chizig‘i vakili Igor Zonichning AGMKga o‘tganiga bag‘ishlangan rasmiy taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

AGMK klubi bosh menejeri Muxtor Qurbonov jamoa qarorgohida yozgi transfer oynasida jamoaga kelib qo‘shilgan va transfer qilingan futbolchilarga liboslarni taqdim etib, ularning faoliyatiga omad tiladi.

Erkin Baydullayev AGMK tarkibida 3-raqamda o‘ynashni ma’qul ko‘rdi. Elguja Grigalashvili esa bo‘sh turgan 7-raqamni tanladi. Markaziy himoyachilar Vladislav Kasminin 77-raqamni olgan bo‘lsa, Igor Zonich 88-raqamda o‘ynashga qaror qildi.

Shu tariqa AGMK tarkibiga kelib qo‘shilgan yangi futbolchilar jamoaga rasman tanishtirildi. Umid qilamizki, mazkur futbolchilar AGMK safida yorqin o‘yin ko‘rsatib, jamoamiz g‘alabalarida o‘z hissalarini qo‘shishadi.


Klub bosh menejeri Muxtor Qurbonov jamoaning yozgi transfer kampaniyasi haqida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi:

— Chempionat avvalida medallarni qo‘lga kiritishni maqsad qilgandik. Biroq birinchi davrada ba’zi o‘yinlarda omad bizdan yuz o‘girdi, futboldagi fart biz tomonda bo‘lmadi. O‘yin taraflama jamoamiz yaxshi ko‘rindi. Buni tahliliy statistik ma’lumotlar orqali ham bilsa bo‘ladi. Faqatgina natija borasida biroz oqsadik. O‘yindagi kichik epizodlar ko‘plab bahslarda bellashuv taqdirini hal etib ketdi. Yozgi transfer kampaniyasi yaxshi bo‘ldi. Baydullayevning tajribasi, Grigalashvilining iqtidori, Kasminin va Zonichning himoyadagi mustahkam o‘yini bizga birinchi davrada yetishmagan jihatni to‘ldiradi deb o‘ylayman. Jamoa mashg‘ulotlarini kuzatdim, yangi futbolchilar kollektivga kirishib ketishgan. Bu jihat odamni quvontiradi. Birinchi davrada yo‘qotilgan ochkolar o‘rnini ikkinchi davrada qoplab, oldimizga qo‘yilgan yuqori maqsadlar sari intilamiz, — dedi Muxtor Qurbonov.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 15:23, 26.07.2019.
O'qildi: 4203 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.