Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Toshkent viloyati derbisi: "Metallurg" - AGMK (prevyu)

Toshkent viloyati derbisi: "Metallurg" - AGMK (prevyu)

Baho:
+ | -

Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasi bugun Superliganing ikkinchi davrasiga kirishadi.

Bekobodda "Metallurg" mehmoni bo‘ladigan jamoamiz kecha o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotni o‘tkazdi.

Yangi kelib qo‘shilgan futbolchilar allaqachon jamoaning ichki muhitiga moslashib ketishgan. Baydullayev, Grigalashvili, Kasminin va Zonich katta ishtiyoq bilan mashg‘ulotlarda qatnashishmoqda. Qisqa qilib aytganda, "Metallurg"ga qarshi bahs oldidan jamoadagi kayfiyat joyida. A’lo muhit hukmronlik qilmoqda.

AGMK tarkibiga yangi kelib qo‘shilgan Erkin Baydullayev "Metallurg" bilan bo‘ladigan uchrashuvda sariq kartochkaralari soni to‘rtta bo‘lgani, ya’ni diskvalifikasiya tufayli ishtirok etolmaydi.

Andrey Shipilov boshchilik qilayotgan bekobodliklar o‘tkazilgan oxirgi 6ta rasmiy uchrashuvlardan buyon g‘alabasiz seriyani davom ettirmoqda. Chempionat doirasida esa "Metallurg" so‘nggi bor o‘z uyida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etishni uddalagandi. "Metallurg" chempionat doirasida Bekoboddagi so‘nggi uchta bellashuvda ("Lokomotiv", "Bunyodkor", "Nasaf") raqib darvozasiga yo‘l topishni ham uddalay olmayapti.

"Metallurg" tarkibi davralar oralig‘ida deyarli o‘zgarishsiz qoldi. Shipilov mavjud tarkib o‘zagini saqlab qolishga erishdi.

Bu turdagi raqibimiz ayni paytda Superliga turnir jadvalida 14 ochko to‘plagan holda 9-o‘rinni egallab turibdi. Ehtimoliy g‘alaba orqali AGMK mazkur tur yakunida "Metallurg"dan o‘tib ketish imkoniyatiga ega.

Bugungi o‘yinni Shavkat Nasibullayev boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqaradi. Joriy mavsum ushbu hakam jamoamiz ishtirokidagi bir uchrashuvda ishlashga ulgurgandi. Liga Kubogi doirasidagi "Bunyodkor"ga qarshi bellashuvda hakamlik qilgan Nasibullayev chempionat tarixida ilk bor AGMK ishtirokidagi uchrashuvda ishlaydi.

Toshkent viloyati derbisida jamoamiz sariq rangli libosda o‘ynaydi. Maydon egalari esa oq-qora rangli liboslarda maydonga tushishadi.


O‘zaro o‘yinlar tarixi:
- Toshkent viloyati derbisida "Metallurg" va AGMK chempionat doirasida 23 marotaba to‘qnash kelishgan. O‘tkazilgan uchrashuvlarda 11 g‘alaba AGMK hisobiga, 10 yutuq "Metallurg" nomiga yozilgan. Qolgan 2 bellashuvda esa g‘olib nomi aniqlanmagan. To‘plar nisbati 43-45, AGMK foydasiga.

Bekobodda o‘tgan barcha o‘yinlar:

2008 yil: Metallurg – AGMK – 1:1
2009 yil: Metallurg – AGMK – 3:2
2010 yil: Metallurg – AGMK – 1:0
2011 yil: Metallurg – AGMK – 4:3
2012 yil: Metallurg – AGMK – 4:3
2013 yil: Metallurg – AGMK – 2:1
2014 yil: Metallurg – AGMK – 3:2
2015 yil: Metallurg – AGMK – 4:2
2016 yil: Metallurg – AGMK – 4:2
2017 yil: Metallurg – AGMK – 3:2
2018 yil: "Metallurg" - AGMK– 0:1


Superliga, 14-tur.
27 iyul, shanba.
“Metallurg” – AGMK (20:00, Sport kanali LIVE)
Hakamlar: Shavkat Nasibullayev, Ravil Shoyaxmitov, Timur Galeev, I. Ismoilov.
Nazoratchi: Konstantin Smirnov
Komissar: Zohir Akramxonov

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 06:28, 27.07.2019.
O'qildi: 1307 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.