Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

«Karpin o‘z jamoasida top hujumchini yetishtirmoqda» – Shomurodov rus jurnalistlari e’tirofida

«Karpin o‘z jamoasida top hujumchini yetishtirmoqda» – Shomurodov rus jurnalistlari e’tirofida

Baho:
+ | -

Kuni kecha Rus nashrlaridan birida (Sport Mail.ru) Yeldor Shomurodov haqida maqola e’lon qilindi. Biz uni sizlarga ilindik.

Yangi mavsum oldidan Valeriy Karpin jamoaning o‘yin uslubini belgilab oldi. Endilikda uning jamoasi to‘pni ko‘proq nazorat qilgancha, hujumkor futbol ko‘rsatmoqda. Karpin jamoani Papov, Yerominka, Norman, Bayramiyan, Ionov singari maydonni yaxshi ko‘ra oladigan futbolchilar atrofida tuzgan bo‘lsada, asosiy planga sekin – astalik bilan Eldor Shomurodovni olib chiqmoqda.

O‘tgan mavsumda o‘zbek asosiy tarkibdagi joyini  Sigurdsonga boy berib qo‘ygan bo‘lsada, yozda Karpin islandiyalik hujumchini bir chetga surib qo‘ydi va Shomurodov bilan 5 yillik shartnoma tuzdi…

Mavsum oldi uchrashuvlarning o‘zidayoq Eldor jamoaning birinchi raqamli hujumchisiga aylandi. Futbolchi o‘tgan mavsum davomida RPL uchrashuvlarida 3 ta gol kiritgan bo‘lsa, yangi mavsumda 3 ta turning o‘zidayoq 2 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

“Ishonamanki, gollar Shomurodoa uchun ishonch bag‘ishlamoqda. O‘zi shundoq ham «Rubin» bilan bo‘lgan uchrashuvda uning o‘yinidan ko‘nglim to‘lgan edi. To‘g‘risi futbolchini faqat kiritgan goli bilan baholash xato.”

Valeriy Karpin

Murabbiy o‘tgan mavsumdayoq futbolchining kiritgan goli bilan baholash noo‘rin ekanligiga sha’ma qilgan edi. Aslida Shomurodovning asosiy yutug‘i gollarida emas. Uning arsenalidagi tezkorlik va harakatchanlik o‘tgan mavsumda «Rostov» tomonidan qo‘llangan qarshi hujum taktikasida katta  foyda bergani tahsinga sazovar. «Spartak» bilan bo‘lgan uchrashuvda Shomurodov ko‘zga tashlanmagan bo‘lsada, uning jamoa uchun katta nafi tegdi.
«Arsenal» jamoasi bilan bo‘lgan uchrashuvda Eldor uncha – muncha hujumchilar bajara olmaydigan darjada katta zonada raqib himoyachilari uchun bosh og‘riq bo‘ldi va ularni havotirda ushlab turdi.

Statistika ham so‘zlarimizni isbotlamoqda. Futbolchi uchrashuv mobaynida raqib darvozasiga 4 bor zarba bergan. Bu eng yaxshi ko‘rsatgichlardan biri.  3 bor omadli aldab o‘tish va 2 ta ajoyib pas. (Ayniqsa Ionovga uzatilgan pasni alohida aytib o‘tish joiz. Juda nozik va ishonchli pas)!
Shomurodov birinchi bo‘limning o‘zidayoq gol kiritishi mumkin edi. Biroq darvozaboning ustidan to‘pni tashlash uchun masofa yetmay qoldi. Avvaliga «Rostov» o‘zi uchun o‘zi muammolar yarata boshlagan edi, lekin Shomurodov raqib maydonchasida qanday o‘ynash kerakli borasida namuna ko‘rsatdi va o‘yinni jamoasi uchun deyarli yutib berdi.

To‘g‘ri, «Arsenal» bu goldan so‘ng javob qaytara oldi, biroq «Rostov» kuchliroq edi «Arsenal»ning «Neftchi»ga qarshi bahs oldidan biroz dam olganidan unumli foydalandi.
Shunga qaramasdan, Karpin o‘zi bilan faxrlansa arziydi. 

«Arsenal»ga qarshi uchrashuvda Eldor o‘zining naqadar serqirra ekanligni va potensiyali juda baland ekanligni isbotlab berdi. Agarda u shu tempda ishlashda davom etsa, «Rostov»da uzoq qolmasligi aniq!

 

Manba: Sport Mail.ru
Kiritildi: 11:40, 30.07.2019.
O'qildi: 10322 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.