Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni 1-1 Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Audi cup. «Tottenxem» «Real»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Audi cup. «Tottenxem» «Real»ni mag‘lub etib, finalga chiqdi

Baho:
+ | -

Germaniyada Audi cup musobaqasining yarim final bosqichi doirasida dastlabki o‘yin bo‘lib o‘tdi. Madridning «Real» klubi «Tottenxem»ga imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuvning 22-daqiqasida hisob ochildi. Harri Keyn darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib bordi va Navasni dog‘da qoldirdi. Tanaffusga qadar madridliklar ko‘proq hujum uyushtirishdi, ammo ular vaziyatlardan foydalana olishmadi. Jumladan, Benzema yaqin masofadan darvoza tomon aniq zarba bera olmadi.

Ikkinchi bo‘limda londonliklar raqibga ko‘p hujum qilish imkonini berishmadi. Aksincha, o‘zlari 2ta qulay imkoniyat yaratishdi. Keylor Navas har ikkala vaziyatda "Real"ni muqarrar gollardan qutqardi.

Shu tariqa, "Tottenxem" Audi cup finaliga chiqdi. Hal qiluvchi o‘yinda "shporlar" "Bavariya" - "Fenerbaxche" juftligi g‘olibiga qarshi maydonga chiqadi. "Real" esa ertaga uchinchi o‘rin uchun o‘yinda ishtirok etadi.

Audi cup, yarim final. 21:00
«REAL» - «TOTTENXEM» – 0:1 (0:1)
Gol: 0:1 – Keyn (22)
«Real»: Navas, Karvaxal (Odriosola, 80), Ramos, Varan (Nacho, 65), Marselo (De La Fuente, 80), Lukas Vaskes (Valverde, 65), Kroos (Vinisius, 64), Modrich (Seonane, 80), Azar (Isko, 80), Benzema (Mariano, 80), Rodrigo (Kubo, 80).
«Tottenxem»: Gassaniga (Lyoris, 46), Foyt (Tanganga, 46), Alderveyreld (Lukas, 46), Vertongen (Sanches, 46), Rouz (Georgiu, 46), Uinks (Uoker-Piters, 46), Ndombele (Sissoko, 46), Lamela (Alli, 46), Eriksen (Skipp, 46), Son (Nkudu, 66), Keyn (Parrott, 66).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:55, 30.07.2019.
O'qildi: 6777 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик