Kirish Ro'yxatdan o'tish

O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi yirik fleshmob tashkil qilmoqda

O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi yirik fleshmob tashkil qilmoqda

Baho:
+ | -

Joriy yilning 7-10 avgust kunlari poytaxtimiz taekvondo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston taekvondo assosiasiyasi ushbu sport turini yurtimizda yanada ommalashtirish, uning o‘ziga xos qirralarini xalqimizga namoyish qilish maqsadida katta fleshmob tashkil qilmoqda.

Ushbu tadbirni 8 avgust kuni poytaxtimizdagi “Xalqlar do‘stligi” maydonida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, unda yaqin yillar va ayni paytda faoliyat olib borayotgan ko‘plab taekvondochilarimiz o‘z mahoratlarini namoyish qilishadi. Shuningdek, muxlislar uchun bir-biridan chiroyli ko‘rgazmali chiqishlar tayyorlab qo‘yilgan. Jahon chempionati doirasida tashkil qilinayotgan ushbu fleshmobni Xalqaro va Osiyo taekvondo federasiyalarining rahbarlari ham bevosita tomosha qilishi kutilmoqda.

Manba: Stadion
Kiritildi: 09:49, 31.07.2019.
O'qildi: 1952 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик