Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Komo 1-5 Lasio
01/11 00:45 Roma 1-0 Torino
01/11 16:00 Lokomotiv 0-1 Nasaf
01/11 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Surxon
02/11 01:00 Alaves 1-0 Malyorka
02/11 15:00 Olimpik - Navbahor
02/11 17:15 Qizilqum - Dinamo
02/11 17:30 Nyukasl - Arsenal
02/11 18:00 Osasuna - Valyadolid
02/11 19:00 Bolonya - Lechche
02/11 20:00 Bornmut - Manchester Siti
02/11 20:00 Ipsvich - Lester
02/11 20:00 Liverpul - Brayton
02/11 20:00 Nottingem Forest - Vest Xem
02/11 20:00 Sautgempton - Everton
02/11 20:15 Jirona - Leganes
02/11 22:00 Udineze - Yuventus
02/11 22:30 Vilyarreal - Rayo Valyekano
02/11 22:30 Vulverhempton - Kristal Pelas
03/11 00:45 Monsa - Milan
03/11 01:00 Valensiya - Real Madrid
03/11 16:00 Neftchi - Bunyodkor
03/11 16:30 Napoli - Atalanta
03/11 18:00 Atletiko - Las-Palmas
03/11 18:15 Metallurg - OKMK
03/11 19:00 Torino - Fiorentina
03/11 19:00 Tottenhem - Aston Villa
03/11 20:15 Barselona - Espanyol
03/11 21:30 Man. Yunayted - Chelsi
03/11 22:00 Verona - Roma
03/11 22:30 Sevilya - Real Sosyedad

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “CHarm to‘p” mahallalararo futbol turnirining o‘tkazilishi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida “CHarm to‘p” mahallalararo futbol turnirining o‘tkazilishi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

Mamlakatimizda sportga, hususan futbolga juda katta e’tibor qaratilyapti. Nafaqat professional, balki, havaskor darajada futbol bilan shug‘ullanish uchun ham sharoitlar yaratilyapti.

O‘zbekiston fuqarolari futbolni qanchalik yaxshi ko‘rishlarini bilish uchun har qaysi mahallaga tashrif buyurish kifoya. Maxsus maydonchalarda albatta to‘p tepayotganlarni uchratasiz. Bu esa o‘z navbatida aholini sog‘lom turmush tarziga jalb etishda katta ahamiyat kasb etadi.

Shularni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol assosiasiyasi hamkorlikda mahallalararo “Charm to‘p” turnirini bu yil yuqori saviyada o‘tkazishga katta e’tibor qaratmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham aynan shu masala muhokama qilindi. Yig‘ilishda Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, Sport vazirining Birinchi o‘rinbosari Oybek Qosimov, O‘FA Birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov, vazirlikning boshqarma boshliqlari, hududiy bo‘linmalar rahbarlari, O‘FAning tegishli departamentlari rahbarlari, OAV vakillari ishtirok etishdi. Dastlab “Charm to‘p” turnirining birinchi bosqichi bo‘yicha boshqarmalarning hisoboti tinglandi. Shundan so‘ng viloyat bosqichlari va yakuniy respublika bosqichini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Eng muhim masala bu ishtirokchilar uchun barcha sharoitlarni yaratib berish. Bu borada viloyatlarda mahsus ishchi guruhlar tashkil etiladi va bevosita musobaqadagi ishtirokidan tortib, joylashish sharoitlarigacha nazorat qilib boriladi. Yakuniy respublika bosqichida ham jamoalarning safar harajatlari to‘liq qoplanadi. Ular uchun barcha qulayliklar taqdim etiladi. Joylardagi turnirlar va final bosqichi nafaqat futbolchilar, balki ularning yaqinlari, mahalla vakillari, futbol muxlislari uchun bayramona ruhda o‘tkaziladi.

Hal qiluvchi final esa poytaxtimizning asosiy stadionlaridan birida, katta gala konsert va sayl bilan birga bo‘lib o‘tadi. Garchi “Charm to‘p” ishtirokchilari havaskorlar bo‘lsada, ular professional darajadagi, jahon standartlariga javob beruvchi katta bir turnirga ega bo‘lishmoqda.

O‘zbekiston futbol assosiasiyasi bunga aksariyat boshqarmalarini jalb qilib, hakamlar, inspektorlar bilan ta’minlash, media yo‘nalishida qo‘llab quvvatlash, futbol mutasaddilari, mutaxassislari va taniqli shaxslarini jalb qilish, o‘yin maydonlari, stadionlar bilan ta’minlash va yana ko‘plab tashkiliy ishlarni amalga oshiradi.

Musobaqa jarayonlari va natijalari yurtimiz bo‘ylab OAV orqali keng yoritib boriladi.

Bularning barchasidan asosiy maqsad futbolga qiziquvchi insonlar uchun katta bir bayram tashkil etish orqali havaskor va professional sport o‘rtasida to‘siqlarni olib tashlab, har bir fuqaroni yurtimiz sportiga yaqinroq bo‘lishiga sharoit yaratib berishdir.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 18:46, 02.08.2019.
O'qildi: 2149 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.