Meksikaning "Amerika" jamoasi rasmiy sayti markaziy yarim himoyachi Mateus Uribe "Portu"ga o‘tganini elon qildi.
Transfer tafsilotlari oshkor etilmayapti.
Ma’lumot uchun Meksika chempionatining dastlabki ikki turida kolumbiyalik futbolchi 1 ta gol urishga erishdi.
Shuningdek, Uribe Kolumbiya terma jamoasi uchun 20 o‘yinda maydonga tushib 2 ta gol urgan.